Böş iş örinlari

SQB Aholini moliyaviy qöllab-quvvatlaş va tadbirkorlikka jalb qiliş departamentining Hududlarda aholini tadbirkorlikka jalb qiliş xizmati yetakçi menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.


20.11.2026 10:38

Asosiy vazifalar:
• Prezident taşriflari va yiğilişlarida belgilangan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş, loyihalarni monitoring qiliş;
• Davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni tahlil qiliş, ma’lumotlarni tegişli tizimlarga kiritiş va hisobotlar tayyorlaş;
• Hududlarning iqtisodiy salohiyatini örganiş, tadbirkorlar bilan hamkorlikda yangi istiqbolli loyihalarni aniqlaş;
• Loyihalarning biznes-rejalari, kreditlaş jarayonlari, eksport faoliyati va işga tuşiriş muddatlarini nazorat qiliş;
• Hududlarda loyihalarni joyiga çiqqan holda örganiş, mavjud muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş;
• Mahalla bankirlari va hokim yordamçilari bilan hamkorlikda aholini tadbirkorlikka jalb qiliş, biznes ğoyalarni qöllab-quvvatlaş va yangi iş örinlari yaratişga kömaklaşiş;
• Aholi bandligini oşiriş, daromadlarini köpaytiriş va kambağallikni qisqartirişga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlaş;
• Bank xizmatlarini tarğib qiliş, aholining moliyaviy savodxonligini oşiriş va yangi mijozlarni jalb qiliş.

Talablar:
• Oliy iqtisodiy ma’lumot;
• Bank tizimi yoki iqtisodiy kompleks taşkilotlarida kamida 2 yillik iş tajribasi;
• Davlat dasturlari, kreditlaş va tadbirkorlik loyihalari boyiça bilimlar;
• Loyihalarni tahlil qiliş, monitoring olib boriş va hisobotlar tayyorlaş könikmalari;
• Hududiy iqtisodiy rivojlaniş, tadbirkorlik va aholi bandligi yönalişlarini biliş;
• MS Office dasturlaridan foydalana oliş;
• Tahliliy fikrlaş, taşabbuskorlik, mas’uliyatlilik va jamoada işlaş könikmalari.

İş joyi: Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qoraqalpoğiston BXO.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborişingiz mumkin.



Другие новости

23.11.2026 17:53:02
SQB Shahriston BXMga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kut ...

23.11.2026 17:52:08
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi sotuv menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilish, yangi mijozlarni izlash ...


Дата последнего обновления: 20.11.2026 10:38  
up