Bo'sh ish o'rinlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Namangan BXOda kichik biznes menejeri lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi


09.09.2026 12:51

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Namangan BXO Mikro va kichik biznes bo‘limida mavjud Kichik biznes menejeri lavozimiga malakali va mas’uliyatli mutaxassisni ishga qabul qilish maqsadida ochiq tanlov e’lon qilinadi.

Asosiy vazifalar:

  • yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish;
  • mavjud mijozlar bazasida bank mahsulotlari qamrovini oshirish;
  • mavjud mijozlarni qayta faollashtirish choralarini ko‘rish;
  • mavjud va potensial mijozlar bilan muzokaralar olib borish, ularning talab va ehtiyojlarini aniqlash;
  • mijozlarga ehtiyojlariga mos bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etish;
  • kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash jarayonini muvofiqlashtirish;
  • kredit mahsulotlari bo‘yicha zarur hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va rasmiylashtirish;
  • kredit ajratish bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini shakllantirish va belgilangan tartibda taqdim etish;
  • kichik va o‘rta biznes subyektlariga hisob-raqam va kassa xizmatlari, paket xizmatlar, masofaviy bank xizmatlari, tashqi savdo xizmatlari, savdo terminallari va korporativ kartalarni taklif qilish;
  • depozitlarni jalb qilish;
  • mijozlarga amaldagi va yangi bank mahsulotlari hamda xizmatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish;
  • mijozlar ma’lumotlarini tegishli dasturiy ta’minotga o‘z vaqtida kiritish va yangilab borish;
  • belgilangan sotuv rejalari va KPI ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash;
  • mijozlarning murojaatlari, taklif va e’tirozlarini o‘rganish hamda bank mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish;
  • bankning ichki me’yoriy hujjatlari va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • oliy ma’lumotga ega bo‘lish (iqtisodiy yoki boshqa tegishli yo‘nalish);
  • bank tizimida kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lish;
  • bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lish;
  • kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • mijozlar bilan samarali muloqot va muzokara olib borish qobiliyati;
  • rivojlangan sotuv ko‘nikmalari;
  • mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati;
  • rejalashtirish va belgilangan maqsadlarga erishish ko‘nikmasi;
  • grammatik jihatdan to‘g‘ri va ravon nutq;
  • mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik.

Biz taklif qilamiz:

  • barqaror bank tizimida ishlash imkoniyati;
  • professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari;
  • bank mahsulotlari va xizmatlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
  • o‘quv mashg‘ulotlari va professional treninglarda ishtirok etish imkoniyati;
  • kasbiy o‘sish uchun imkoniyat.

Tanlovda ishtirok etish tartibi:

Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar o‘z rezyumelarini quyidagi elektron manzilga yuborishlari mumkin:

hr@sqb.uz

Elektron xat mavzusida “Kichik biznes menejeri” deb ko‘rsatish so‘raladi.





Другие новости

17.09.2026 12:52:46
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) jamoasiga Kichik menejer taklif etiladi

Bo‘lim: Ma’lumotlarni boshqarish markazi — Ma’lumotlar sifatini monitoring va nazorat qilish xizmati ...

17.09.2026 12:50:47
SQB Qatortol bank xizmatlari markazi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi kichik servis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va mos bank mahsulotlarini taklif qilishga qiziqad ...


Дата последнего обновления: 09.09.2026 18:31  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send