Davlat dasturlari ijrosi

O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligidagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi


13.02.2024 18:12

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi bosh direktori Nazim Gadjiyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati va ikki davlat ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari va tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot berildi.
O‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-logistika, ikki davlatdagi tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbirda mazkur tarmoqni rivojlantirishda Ozarbayjon tajribasi xususida ham axborot berildi. Xom-ashyo, bino va yer ajratish, tashqi kommunikatsiyalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Mahalliy tadbirkorlar hamkorlik qilishga chorlanib, loyihalar taklif etildi. Jumladan, O‘zbekistonda avtoklav usulida gazobeton ishlab chiqaruvchi “Arton” va “Ytong” kompaniyalariga Ozarbayjonda investitsiya loyihasini davom ettirish bo‘yicha biznes takliflar bildirildi.
Keramik plitka ishlab chiqaruvchi “Oriyent keramik” MCHJ bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.





Другие новости


Дата последнего обновления: 15.02.2024 18:13  
up