Barcha kreditlar
UZCARD kartasi – NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi bo‘rttirma UZCARD. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mazkur plastik kartochkalarni yuridik va jismoniy shaxslarga taklif etadi. Pensiya yoki ish haqini plastik kartochkalarga o‘tkazish bilan sizga naqd pul olib yurishga hojat qolmaydi, shuningdek, mablag‘larning xavfsizligini va o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligini ta’minlaydi.
UZCARD kartalari ish haqi va pensiya to‘lovlari uchun bepul taqdim etiladi.
Tijorat va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, shuningdek, bank muassasalarida UZCARD kartalaridan foydalangan holda debet operatsiyalarini amalga oshirishda komissiya olinmaydi.
UZCARD kartasining afzalliklari:
Tijorat va virtual terminallar orqali to'lash uchun ikkita interfeysli kartalar (bir vaqtning o'zida kontaktli va kontaktsiz).
Bank kassalarida va bankomatlar orqali naqd pul olish (faqat jismoniy shaxslarning kartalari bilan)
Ko'pgina mobil ilovalar, jumladan JOYDA mobil ilovasi orqali kartadan kartaga pul o'tkazish
Yuqori xavfsizlik
Ko'zi ojiz fuqarolar uchun ramzlarning bo'rttirma belgilarining mavjudligi
Tariflar | Qiymati |
---|---|
Kartani chiqarish |
50 000 so‘m (QQS bilan) (muqaddam eski turdagi Uzcard karta ochilgan mijozlar Uzcard DUO kartalari uchun ariza berganda xizmat haqi undiriladi) |
Ish haqi, pensiya, ijtimoiy to‘lovlar va stipendiyalarni to‘lash uchun birinchi marta karta chiqarish | bepul |
Qo‘shimcha kartalarni chiqarish | 50 000 so‘m (QQS bilan) |
Kartani qayta chiqarish (amal qilish muddati tugaganda, karta yo‘qotilganda, eskirganda, shikastlanganda, va mijoz xohishiga ko‘ra) | 50 000 so‘m (QQS bilan) |
Karta hisobvarag’ini “O’zsanoatqurilishbank” ATB bankomatlari orqali to’ldirish | 0,5 % |
Karta hisobvarag’ini “O’zsanoatqurilishbank” ATB kassalarida to’ldirish | bepul |
Naqd pul mablag‘larini berilishi: | |
"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida | summadan 1 % |
"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB bankomatlarida | summadan 1 % |
Joyda mobil ilovasi orqali o'tkazmalar: | |
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Uzcard va Humo kartalariga | summaning 0,25 % |
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATB xalqaro kartalariga | bepul |
- boshqa bank tomonidan chiqarilgan Uzcard va Humo kartalariga | summadan 0.5 % |