Kredit maqsadi
|
yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun
|
Hudud
|
Qoraqolpog'iston Respublikasi va viloyatlar
|
Kredit maksimal miqdori
|
327 250 000 so'm
|
Kredit muddati
| 20 yil |
To'lov usuli |
qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial
|
Imtiyozli davr |
6 oy (mijozning xohishiga ko'ra)
|
Yillik foiz stavkasi | MB + 3%
|
Boshlang‘ich to‘lov
| 15 % |
Maxsulotni olish usuli
|
-xususiy pudrat tashkilotlari hisobvarag‘iga
-qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar/savdo do‘konlari hisobvarag‘iga
-o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar nomiga ochilgan bank kartalariga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
|
Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko‘rsatgichi belgilangan me'yordan yuqori bo‘lganda, ularning bank oldidagi qarz majburiyatini ta'minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasini 50 foizi qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblashda qo‘shilishi mumkin.
|
1 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, kredit bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Toshkent shahrida yakka tartibda uy-jo'ylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratilmaydi.
1) Pasport yoki pasport o'rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
2) Daromadlari to'g'risidagi hujjatlar/elektron ma'lumotlar (bankning Crobs dasturi orqali aniqlanadi);
3) Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga bo'lgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;
4) Yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa mol-mulk bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
5) Uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha smeta hujjati (bunda loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish taqiqlanadi);
6) Pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish bo'yicha shartnoma (pudrat tashkiloti jalb qilingan taqdirda talab qilinadi);
7) Ipoteka kreditining boshlang'ich badali va foizlarning bir qismini O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplab berish nazarda tutilgan hollarda “Subsidiya xabarnomasi”; (zarur hollarda)
8) Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlashga ko'maklashish Komissiyasining uy-joyga muhtoj xotin-qizlar bo'yicha qabul qilgan qarori; (zarur hollarda)
9) Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi/savdo do'koni, o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan ro'yxatdan o'tgan yollanma ishchilar o'rtasida tuzilgan shartnoma;
10) Shuningdek, qonunchilikda ko'rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan О‘zbekiston respublikasi fuqarosi;
qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kredit va kafilliklari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
kamida 4 oy davomida doimiy daromadga ega ekanligi.