Imtiyozli ipoteka krediti (Ipoteka VM-637)

img
33 mln. so'mgacha
Kredit miqdori
17%
Kredit stavkasi
20 yilgacha
Kredit muddati
15%
Boshlang'ich to'lov

Kredit olish oson!

Kredit olish uchun oʻzingizga qulay bank boʻlimiga murojaat qiling
Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing
Bank bilan kredit shartnomasini tuzish

Kreditni to'lash usullari

Talab qilinadigan hujjatlar

Fuqaroning pasporti
Daromad to'g'risidagi hujjatlar
Oldi-Sotdi shartnomasi

Kredit miqdorini hisoblash

Qo'shimcha xarajatlar


Kreditning asosiy shartlari (Ipoteka VM-637)


  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchiga qo’yiladigan talablar
  • Zarur hujjatlar

Kredit maqsadi

Yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish uchun:

Kredit mablagʻlari naqd pulsiz shaklda bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda loyiha smeta hujjatlariga muvofiq bosqichma-bosqich qarz oluvchining bank plastik kartasiga, pudrat tashkiloti jalb etilgan hollarda esa, pudrat tashkilotining hisobvaragʻiga quyidagi tartibda oʻtkazib beriladi:

- boshlangʻich badal miqdoridagi teng ishlar bajarilgandan soʻng kreditning 50 % gacha;

- ajratilgan kredit miqdoridagi ishlar bajarilgandan soʻng kreditning 95 % gacha;

- loyiha boʻyicha ishlar toʻliq bajarilgandan soʻng kreditning qolgan 5 %.

(«Temir daftar» va «Ayollar daftari» ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari» ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar).

Valyuta

Soʻm

Boshlangʻich badalning eng kam miqdori

15 % dan kam boʻlmagan miqdorda

Kreditning maksimal muddati

20 yil

Kreditning eng koʻp miqdori

33 000 000 soʻm

Maksimal imtiyozli davr

6 oy (differensial grafikda)

Kreditning yillik foiz stavkasi*

17%

To’lov usuli

qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial


*2023-yil 1-yanvardan boshlab foiz stavkasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi +3% miqdorda belgilanadi

- kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlarning alohida toifalariga mansub Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

- «Temir daftar» va «Ayollar daftari» ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari» ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi lozim);

- daromad manbalariga (uzluksiz 4 oy davomida), shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taʼqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;

- qarz yuki koʻrsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadlarining 70 foizdan yuqori boʻlmasligi;

- yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi;

- kredit ajratishni koʻrib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;

- ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha boshqa yordam olmagan boʻlishi;

- yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega boʻlishi.

- Pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;

- Daromadlari toʻgʻrisidagi hujjatlar/elektron maʼlumotlar (bankning Crobs dasturi orqali aniqlanadi);

- Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;

- Uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha smeta hujjati (bunda loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan uy-joy qurish taʼqiqlanadi);

- Pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish boʻyicha shartnoma (pudrat tashkiloti jalb qilingan taqdirda talab qilinadi);

- Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi/savdo doʻkoni, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilar oʻrtasida tuzilgan shartnoma;

- Nikoh qayd etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;

- Taʼminotga doir hujjatlar;

- «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlarini tasdiqlovchi xujjat;

Shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.


Oxirgi yangilanish sanasi: 26.04.2023 10:32  
up