UZCARD kartasi – NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi bo‘rttirma UZCARD. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mazkur plastik kartochkalarni yuridik va jismoniy shaxslarga taklif etadi. Pensiya yoki ish haqini plastik kartochkalarga o‘tkazish bilan sizga naqd pul olib yurishga hojat qolmaydi, shuningdek, mablag‘larning xavfsizligini va o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligini ta’minlaydi.

UZCARD kartalari ish haqi va pensiya to‘lovlari uchun bepul taqdim etiladi.

Tijorat va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, shuningdek, bank muassasalarida UZCARD kartalaridan foydalangan holda debet operatsiyalarini amalga oshirishda komissiya olinmaydi.

UZCARD kartasining afzalliklari:

Tijorat va virtual terminallar orqali to'lash uchun ikkita interfeysli kartalar (bir vaqtning o'zida kontaktli va kontaktsiz).

Bank kassalarida va bankomatlar orqali naqd pul olish (faqat jismoniy shaxslarning kartalari bilan)

Ko'pgina mobil ilovalar, jumladan JOYDA mobil ilovasi orqali kartadan kartaga pul o'tkazish

Yuqori xavfsizlik

Ko'zi ojiz fuqarolar uchun ramzlarning bo'rttirma belgilarining mavjudligi


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.04.2024 17:51  
up