Kredit karta
40 kungacha foizsiz

JOYDA orqali 50 000 000 soʻmgacha boʻlgan kreditga buyurtma bering

credit card
40 kungacha

Foizsiz davr

50 mln. so‘m

Kartaning kredit limiti

0 so‘m

Kartani chiqarish va xizmat ko’rsatish

48 oy

Kredit muddati

Kredit kartani ochish oson
  • SQB mijozlar uchun
  • Yangi mijozlar uchun
1-qadam
Kredit karta ochish uchun JOYDA mobil ilovasida ariza to'ldiring, kerakli kredit miqdorini belgilang. Bank javobini kuting.
2-qadam
Toshkent shahar bo'yicha kartalarni Toshkent shahar mintaqaviy BXO kassasidan(Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 5-uy), Viloyatlarda o'zingizga qulay bo'lgan Bank xizmatlar ofisi va Bank xizmatlar markazi kassalaridan kartani aktivlashtirib olishingiz mumkin.
O'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yoki haydovchilik guvohnomasini olishni unutmang.
1-qadam
JOYDAni yuklab oling va HUMO yoki Uzcardga buyurtma bering. Kartani bank ofisidan oling. Ushbu kartani JOYDA ilovasiga qo‘shing (ilovaga va ish haqi kartangizni qo‘shishni unutmang).
2-qadam
Kredit karta olish uchun arizangizni JOYDAga yuboring, kerakli miqdorni va SQB ofis manzilini kiriting. Poytaxt va Toshkent viloyati aholisi uchun: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 5. Boshqa mintaqalar aholisi uchun: eng yaqin SQB mintaqaviy markazining manzili. Bankning javobini kuting.
3-qadam
Kredit kartani Toshkent shahar mintaqaviy BXOda,quyidagi manzil bo‘yicha olishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulugbek tumanu, Mustaqilluk ko‘chasi, 5.
Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yoki haydovchilik guvohnomasini olib kelishni unutmang.
“Birinchi” kredit kartasining afzalliklari
40 kungacha foizsiz
Kredit karta foydali moliyaviy vositaga aylanishi uchun xarajatlaringizga malakali yondashing. Uning yordamida siz o'z byudjetingizni har doim foizsiz davrga mos keladigan tarzda rejalashtirishni o'rganing.
free
Kartani rasmiylashtirish
Boshqa kredit mahsulotlaridan farqli o'laroq, siz JOYDA mobil ilovasida 4 yil muddatga "Birinchi" nomli kredit karta uchun onlayn ariza topshirishingiz mumkin! Endi har yili qog'ozbozlik va kafil topish haqida tashvishlanishning hojati yo'q.
Qulaylik bilan sayohat qiling
SQB kredit kartasi chet elda sayohat va xizmat safarlarida ko’plab bonuslar olish imkonini yaratadi. Karta VISA platformasida ishlaganligi uchun siz:
- mehmonxona bron qilish;
- tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish (har bir tranzaksiya uchun 0.6 USD komissiya mavjud);
- Avtomobillarni SQB kredit kartasi orqali depozitsiz ijaraga olish imkoni va boshqa qulayliklar.

JOYDA ilovasi orqali "Birinchi" kredit kartasini rasmiylashtiring

qr
Foydali maslahatlar
  • Tariflar va shartlar
  • Tavsif
  • Ta’minot
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
Asosiy ma'lumotlar

Bank karta turi:

Milliy valyutadagi Visa Classic karta

Kartani chiqarish va unga xizmat ko’rsatish:

Bepul

Kredit limiti:

2 000 000 so'mdan 50 000 000 so'mgacha

Yillik foiz stavkasi:

26,9%. Bunda, kredit mablagʼlari tovar va xizmatlar sotib olish uchun foydalanilgan qismiga, keyingi oyning 10-sanasi (toʼlov kuni)ga qadar jami qarzdorliklar qaytarilgan taqdirda foizlar olinmaydi.

To'lov kuni:

Har oyning 10 sanasi

Har oylik foiz toʼlovi:

Kalendar oyi yakuni boʼyicha hisoblanadigan va toʼlov kuniga qadar soʼndirilishi lozim foizlar

Har oylik asosiy qarz toʼlovi (minimal toʼlov):

Kredit qoldigʼining 10 foizi miqdorida, kalendar oy yakuni boʼyicha hisoblanadigan va toʼlov kuniga qadar soʼndirilishi lozim boʼlgan toʼlov. Eng kam minimal to‘lov miqdori xaridlar va naqdga tenglashtirilgan operatsiyalar bo’yicha 100 000 so’mdan (lekin mikroqarz qoldig‘idan ko‘p bo‘lmaydi)

Kredit muddati:

48 oy. Bunda, kreditning oxirgi 12 oyi qarzdorlikni so’ndirish uchun ishlaydi

Kredit bank karta muddati:

36 oy. 36 oydan so’ng qarzdorlikni so’ndirish uchun kirim amaliyotlarini bajarish mumkin

Bank bankomatlarida va kassalarida naqd pulni yechib olish:

Komissiya toʼlovi operatsiyaning 2,9% miqdorida (bankomat/terminalga xizmat ko'rsatuvchi bank qo'shimcha vositachilik haqi olishi mumkin). Bu holda foizsiz muddat hisoblanmaydi

Kartadan kartaga/bank hisobvarag'iga/elektron hamyonga pul o'tkazish:

Pul o'tkazma summasidan 2,9% miqdorida vositachilik haqi. Bu holda foizsiz muddat hisoblanmaydi

Naqd pul olish va karta/hisobvaragʼ/hamyonga pul oʼtkazish limiti:

Kredit limitining 70%idan koʼp boʼlmagan miqdorda

Chet elda savdo va xizmatlar uchun toʻlovlar:

Chet elda savdo va xizmatlar uchun toʻlovlar 0,6 AQSh dollar (QQS bilan)

Operatsiyalar haqida SMS-xabar berish:

Bepul


Hujjatlar

Onlayn kreditni sug’urta qilish bo’yicha ma’lumot

Yuklab olish

Kartasini ochish va xizmat koʻrsatish ommaviy oferta

Yuklab olish

“Birinchi” kredit kartasi bo'yicha ommaviy oferta

Yuklab olish
Kredit karta haqida

“O‘zsanoatqurilishbank”ning Visa “Birinchi” kredit kartasi har qanday vaziyatda ham sizning to'lovni amalga oshirish qobiliyatingiz kafolatidir. Karta Visa toʻlov tizimi ishlaydigan dunyoning istalgan nuqtasida toʻlovlarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish imkonini beradi, shuning uchun sayohat paytida undan foydalanish juda qulay.
"Birinchi" kredit kartaning asosiy afzalligi shundaki, siz bank pullaridan tekin foydalanishingiz mumkin. Tovarlar/ savdo /xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda va foydalanilgan kredit mablag‘lari foizsiz muddatda to‘liq qaytarilganda ushbu to‘lovlar bo‘yicha foizlar undirilmaydi.
Kredit limiti tasdiqlanganidan so’ng,kartani Toshkent shahar mintaqaviy BXO kassasidan (Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 5-uy), viloyatlarda o'zingizga qulay bo'lgan Bank xizmatlar ofisi va Bank xizmatlar markazi kassalaridan olishingiz mumkin. O'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yoki haydovchilik guvohnomasini olishni unutmang.


Komissiya

Visa "Birinchi" kredit kartasi avvalo do'konlarda va Internet xaridlarida naqd pulsiz muomala qilish uchun yaratilgan.
Shu bilan birga, kartadan naqd pul olish va o'tkazish operatsiyalari ham ta’qiqlanmaydi: siz bankomatdan pul olishingiz, bank hisob raqamlariga, elektron hamyonlar va kartalarga (P2P) kredit limitining 70 foizigacha pul o'tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin, lekin bank buning uchun - 2 ,9% miqdorida vositachilik haqi oladi.


Foizsiz davr

Agar sizda “O‘zsanoatqurilishbank”dan Visa “Birinchi” kredit kartasi bo‘lsa, unda mavjud bo‘lgan Bank pullaridan tekin foydalanishingiz mumkin. Ammo bank sizdan foiz va komissiya olmasligi uchun ma'lum shartlarga rioya qilish kerak. Agar siz oy davomida kredit kartangiz bilan xaridlar uchun to'lovni amalga oshirgan bo'lsangiz, yangi oyning 10-kuniga qadar butun qarzni to'lashingiz kerak bo’ladi.

Imtiyozli davr tugagan bo'lsa, lekin qarz saqlanib qolsa, kredit rejimi belgilangan foiz stavkasini hisoblash va hisob raqamiga muntazam to'lovlarni amalga oshirish talabi bilan faollashtiriladi. Kreditdan farqli o'laroq, kartada belgilangan to'lov jadvali mavjud emas. Kechiktirilgan to'lovlarning oldini olish uchun kartani kamida oylik majburiy to'lov miqdorida to'ldirish kerak. Uni o'tkazib yuborish yoki to'lamaslik mumkin emas - qarz muddati o'tib ketadi va unga yuqori foizlar undiriladi.
To'lovlar haqida unutmasligingiz uchun oyning boshida oylik majburiy to'lov qoldig'i va o'tgan oy uchun barcha qarzlar bilan SMS-xabar yuboriladi, mijoz uni 10-kungacha to'lashi kerak.

Maslahat! Foizsiz davrni iloji boricha uzoqroq qilish uchun oyning boshida katta xaridlarni kredit karta bilan to'lashga harakat qiling. Shunday qilib, qarzni to'lash uchun sizning ixtiyoringizda 40 kungacha bo'ladi.


Majburiy to'lov

Majburiy to'lov shartnomada ko'rsatilgan stavka bo'yicha foizlar va qarz summasining 10% miqdorida shakllanadi.
Lekin siz kerakli miqdordan ko'proq to'lashingiz mumkin. Qanchalik ko'p depozit qilsangiz, keyingi to'lov, kredit foizlari va umumiy ortiqcha to'lov shunchalik kam bo'ladi.


Qarzni to'lash

40 kungacha bo'lgan foizsiz muddat har oyning boshidan boshlanadi. Oyning oxiriga kelib, bank kartadagi qarz miqdorini jamlaydi va hisoblab chiqadi, uni keyingi 10 kun ichida to'lash maqsadga muvofiqdir. Qarz JOYDA mobil ilovasi orqali yoki bank kassasida boshqa kartadan kredit kartani to‘ldirish yo‘li bilan to‘lanadi.

Agar sizda hech qanday xarajatlar bo'lmasa, unda qarz ham yo'q.

Kredit kartaga pul o'tkazilganda qarz quyidagi tartibda to'lanadi:
1. Yuqori foizlar;
2. Muddatida toʼlanmagan foizlar;
3. Muddatida toʼlanmagan minimal toʼlov (har oylik asosiy qarz to’lovi);
4. Аvvalgi oyda hisoblangan foizlar;
5. Minimal toʼlov (har oylik asosiy qarz toʼlovi);
6. Naqdga tenglashtirilgan amaliyotlar bo’yicha avvalgi oylarda yuzaga kelgan asosiy qarz;
7. Xaridlar bo’yicha avvalgi oylarda yuzaga kelgan asosiy qarz;
8. Hisoblangan foizlar;
9. Naqdga tenglashtirilgan amaliyotlar bo’yicha joriy oyda yuzaga kelgan asosiy qarz;
10. Xaridlar bo’yicha joriy oyda yuzaga kelgan asosiy qarz.

Ta’minot

Ta’minot:

Kreditni to'lamaslik xavfini sug'urtalash polisi, onlayn tarzda rasmiylashtiriladi

Kredit ta’minoti sifatida Bank bilan ushbu kredit mahsulotini sug’urta qilish bo’yicha bosh kelishuv tuzgan sug’urta kompaniyalari kredit qaytmaslik (14-klass) xatari sug’urta polislari onlayn taklif etiladi. Bunda, sug’urta mukofoti mijoz tomonidan ilovaga ulangan Uzcard/Humo bank kartasi yordamida to’lanishi lozim.
Loyiha doirasida “SQB Insurance” SK AJ bilan bosh kelishuv tuzilgan bo’lib, sug’urta kompaniyasi tomonidan ushbu xizmat kredit limitining 3.9% miqdorida sug’urta mukofoti bilan taqdim qilinmoqda.
Kelajakda loyihaga moliyaviy barqaror boshqa sug’urta kompaniyalarini va kafilliklarni qo’shish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar

Qarz oluvchi - kredit olish uchun ariza berilgan kuni 20 yoshga to‘lgan – 60 yoshdan katta bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lishi kerak;

- barcha kreditlar, kafilliklar bo’yicha majburiyatlar yuzasidan qarz yuki o'rtacha oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak;

- doimiy daromadlar, kamida oxirgi 6 oy davomida uzluksiz bo’lishi kerak;

- elektron skoring dasturidan maqullanishi lozim.

Savollaringiz bormi?

Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz – siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

Qoʻngʻiroq qilish
Ehtimol, sizni qiziqtiradi
Sizning orzuingizdagi mashina 20% dan kreditga

Arizangizni SQB ofisida yoki bank veb-saytida qoldirishingiz mumkin.

JOYDA - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.08.2023 16:24  
up