SQB Aholini moliyaviy qo'llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish departamentining aholini tadbirkorlikka jalb qilish xizmatiga mahalla bankiri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
08.06.2026 15:08
Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini moliyaviy qo'llab-quvvatlash sohasida faol ishlashga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar: • Biriktirilgan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlik imkoniyatlarini o'rganish va aholining g'oyalarini loyihalarga aylantirish • Kredit ajratish orqali yangi ish o'rinlari yaratish va loyiha egalariga har tomonlama ko'mak berish • "O'zini o'zi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o'rta biznes — yirik biznes" zanjirining har bir bosqichida moliyaviy xizmatlar taklif etish • Mahallalarda tadbirkorlik subyektlari tashabbuslarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash • Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va yangi mijozlarni jalb qilish • Muammoli kreditlar ulushini pasaytirish (NPL90+) bo'yicha choralar ko'rish • "Loyihalar yarmarkasi", "Sayxunobod tajribasi" va "Uychi tajribasi" doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etish
Talablar: • Oliy ma'lumot • Ish tajribasi talab etilmaydi • Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik • O'zbek va rus tillarini bilish
Ish joyi: Toshkent shahri
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.