Ma'naviy yuksalish

Dzyudo: milliy jamoa yuqori natija qayd etdi


04.03.2026 15:50

27-fevral – 1-mart kunlari Humo Arena’da “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Tashkent Grand Slam 2026” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 39 davlatdan qariyb 400 nafar dzyudochi ishtirok etgan turnir yana bir bor Toshkentning jahon sport markazlaridan biri ekanini namoyon etdi.

Keskin bahslar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu natija sportchilarimizning yuksak mahorati va yangi avlod salohiyatining amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, SQB sport infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro turnirlarni yuqori saviyada o‘tkazish hamda yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etib kelmoqda. Bu esa Prezidentimiz rahbarligida sport sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bank tizimining amaliy hissasidir.

Yuksak saviya va yorqin g‘alabalar mamlakatimiz sportining navbatdagi muhim sahifasiga aylandi.



Другие новости

30.07.2026 16:32:43
SQBda yangi an’ana: eng yaxshilar e’tirof etildi

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, bank tarmoqlari o‘rtasida sog‘lom ...

10.03.2026 16:34:04
“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” – Termizda

Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi, III ...

10.03.2026 16:30:59
“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi hududlarda davom etmoqda

Mamlakatimizda yordamchi agentlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi yord ...


Дата последнего обновления: 10.03.2026 15:51  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send