Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston” universitetida SQB bilan hamkorlikda “Build with AI” ideatoni oʻtkazildi


20.04.2026 18:09

“Yangi O‘zbekiston” universitetida SQB bilan hamkorlikda “Build with AI” ideatoni oʻtkazildi

Joriy yilning 18-19-aprel kunlari bo’lib o’tgan tadbir yoshlar orasida FinTech va EdTech yoʻnalishlarida innovatsion gʻoyalarni shakllantirish, ularni amalda sinash va keyingi bosqichga olib chiqishga qaratildi.

Ideaton davomida ishtirokchilar tajribali mentorlar va soha mutaxassislari bilan birgalikda oʻz loyihalarini ishlab chiqdilar – gʻoyadan prototipgacha boʻlgan toʻliq jarayon qamrab olindi.

Yakunda eng yaxshi jamoalar saralab olindi va ular 2026-yil yozida boʻlib oʻtadigan Idrochk “Startup Achcelerator” dasturiga yoʻllanma oldilar.

Bugun bunday maydonlar nafaqat gʻoyalar yaratiladigan, balki loyihalarni bozorga olib chiqishga xizmat qiluvchi platformaga aylanmoqda. SQB esa ushbu jarayonda yoshlar innovatsiyalarini qoʻllab-quvvatlovchi muhim hamkor sifatida ishtirok etmoqda.






Другие новости

17.06.2026 10:00:24
Korporativ IT platformalari litsenziyalari xaridi bo‘yicha ma’lumot

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...

12.06.2026 20:30:44
Xalqaro kapital – milliy taraqqiyot omili: SQB tajribasi va natijalari

Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...


Дата последнего обновления: 24.04.2026 18:12  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send