
2026-yil 15-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank ATB rahbariyati boshchiligidagi Ishchi guruh “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Xorazm viloyatining Shovot va Urganch tumanlaridagi mahallalarda bo‘lib, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni o‘rgandi.
Shovot tumani “Bo‘yrachi” va Urganch tumani “Yuqoriovul” mahallalarida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun zarur bo‘lgan bazaviy infratuzilma holati o‘rganildi. Jumladan, elektr ta’minoti, tomorqa va ichimlik suvi, ichki yo‘llar hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Shuningdek, “Tayanch mahalla”larda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va mahallalarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi. 
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Sirdaryo BXO rahbariyati tashabbusi bilan Guliston shahrida faol va tashabbuskor ...
SQB Bank foydalanayotgan elektr energiyasining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinganini tasdiqlovchi xalqaro I ...

