
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Namangan viloyatida 60 dan ziyod tadbirkor bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirni bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari D. Umarov ochib, korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar hamda yangi bank mahsulotlari va onlayn xizmatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Muloqot davomida ishtirokchilarning aylanma mablag‘, texnika xaridi hamda kreditlar ajratishga oid murojaat va takliflari tinglanib, har bir masala yuzasidan amaliy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Yakunda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda bank faoliyatida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ...
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Sayyora Sanjarbek qizi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Xonobod xizmatlar ma ...
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan joriy yilning 22-may kuni Namanga ...

