
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalari doirasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shu yilning 23-aprel kuni Buxoro viloyatida Bank Boshqaruvi tashabbusi bilan hudud tadbirkorlari ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – bank faoliyatida shaffoflikni taʼminlash hamda mijozlar bilan ishlashda yuzaga keladigan inson omili bilan bogʻliq xavflarni minimallashtirishdan iborat.
Tadbirda bank xizmatlarini koʻrsatishdagi korrupsion xavf-xatarlar va byurokratik gʻovlar tanqidiy muhokama qilindi.
Tizimni takomillashtirish va ortiqcha qogʻozbozlikni qisqartirish boʻyicha tadbirkorlarning takliflari oʻrganildi.
Ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari haqida tushunchalar berildi.
“Maqsadimiz – tadbirkorlar uchun sunʼiy toʻsiqlarsiz, ishonchli va shaffof hamkorlik muhitini yaratish. Bunda har bir mijoz fikri biz uchun muhim”, – deya taʼkidlandi muloqotda.
Tadbir yakunida bildirilgan takliflar umumlashtirilib, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...
2026-yil 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank ...

