Следите за новостями и предложениями регулярно!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga muvofiq, tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish hamda soha vakillarining taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zsanoatqurilishbank, O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ullari, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan 40 ga yaqin korxonaning 45 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida kredit mablag‘lari bo‘yicha kompensatsiyalar, soliq imtiyozlari va geologiya sohasiga oid masalalar muhokama qilinib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.
Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar davlat organlari va biznes vakillari o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, sohaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Navbatdagi “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan 2-sonli “Muruvvat” nogironli ...
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zsanoatqu ...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...

