“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Kirguli bank xizmatlari markazi kassa omborini optimallashtirish hamda uni Fargʻona bank xizmatlari ofisi kassasiga oʻtkazish ishlari munosabati bilan mazkur markazga tegishli bankomatlarda rejalashtirilgan texnik va profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Jarayonda bankomatlar navbatma-navbat oʻchirilib, qayta ishga tushirilmoqda.
Ushbu ishlar bankomatlar hisob raqamlarini balansdan balansga oʻtkazish hamda ulardagi mablagʻlar qoldigʻini markazlashtirilgan tartibda nazorat qilishni takomillashtirishga qaratilgan.
Shu sababli bankomatlar orqali xizmat koʻrsatishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Profilaktik ishlar yaqin kunlar davomida yakunlanib, bankomatlar odatiy tartibda ishlashda davom etadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...
Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...

