Yangiliklar

Amir Temur tavalludining 690-yilligi: SQB jamoasi Sohibqiron xotirasiga ehtirom koʻrsatdi


09.04.2026 17:01

Amir Temur tavalludining 690-yilligi: SQB jamoasi Sohibqiron xotirasiga ehtirom koʻrsatdi

Bugun mamlakatimiz boʻylab buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng nishonlanmoqda. 

Shu munosabat bilan, «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB jamoasi Bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Davron Umarov boshchiligida Sohibqiron haykali poyiga gullar qoʻyib, ulugʻ bobokalonimiz xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatdilar.

Tadbir davomida bank vakillari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, xalqimizning shonli oʻtmishi, Sohibqiron davridagi davlatchilik madaniyati va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

– Tarixni eʼzozlash –  oʻzligimizni anglash, ajdodlarimizning boy merosiga tayanib, kelajak sari dadil qadam tashlash demakdir. Amir Temur bobomizning „Kuch –  adolatdadir“ degan oltin qoidasi bugungi kunda nafaqat davlat boshqaruvida, balki har bir sohada, jumladan, bank tizimida ham halollik va masʼuliyat mezoni boʻlib xizmat qilmoqda», – deya taʼkidladilar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti direktori oʻrinbosari M. Gafurova.

Maʼlumot oʻrnida, Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Shahrisabzda tavallud topgan. U nafaqat markazlashgan kuchli davlat asoschisi, balki ilm-fan, madaniyat va meʼmorchilik homiysi sifatida dunyo tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan.

SQB jamoasi uchun bu kabi tadbirlar korporativ qadriyatlarni mustahkamlash va yosh xodimlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.





Другие новости

24.06.2026 09:51:23
“SQB Investor Day”: global moliya institutlari va investorlar bilan ochiq muloqot

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ...

22.06.2026 16:19:10
Oʻzsanoatqurilishbank Fargʻonada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan hudud ...

19.06.2026 14:39:36
“Mehr ulashamiz” volontyorlik aksiyasi o‘tkazildi

Navbatdagi “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan 2-sonli “Muruvvat” nogironli ...


Дата последнего обновления: 27.04.2026 17:02  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send