Bo'sh ish o'rinlari

SQB ofis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


14.07.2026 15:08

Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo’yicha mijozlarga to’liq va sifatli maslahat berish, yangi mahsulotlarni targ’ib qilish
• Mijozlarni bank mahsulotlariga jalb qilish, mobil ilovaga ulash, bank kartalarini rasmiylashtirish va omonatlarni jalb etish
• Chakana biznes yo’nalishi bo’yicha reja va KPI ko’rsatkichlarini bajarish
• Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va mos bank mahsulotlarini taklif etish, kross-sotuvlarni amalga oshirish
• Mijozlar oqimini boshqarish va xizmat ko’rsatish jarayonini muvofiqlashtirish
• 24/7 va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish zonalarida mijozlarga amaliy yordam ko’rsatish
• Murojaatlar va kiruvchi hujjatlarni qabul qilish hamda tegishli bo’linmalarga yo’naltirish
• Rahbariyatga amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot taqdim etish

Talablar:
• Oliy yoki o’rta maxsus ma’lumot
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik, kommunikativlik
• Mijozga yo’naltirilganlik va mas’uliyatlilik

Ish joyi: Toshkent shaxar BXO, Yunusobod BXM, Sergeli BXM

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 16.07ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

24.07.2026 16:49:40
SQB Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb etish departamenti Mahalla bankiri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz aholining tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bank xizmatla ...

24.07.2026 16:45:26
SQB O‘rta biznes markazi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Yuridik shaxslar bilan ishlash, zamonaviy bank mahsulotlarini taklif etish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatis ...


Дата последнего обновления: 14.07.2026 15:08  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send