Asosiy vazifalar:
• Chilonzor BXMning xo‘jalik faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish.
• Kanselyariya va xo‘jalik tovarlari, zarur materiallar bilan o‘z vaqtida ta’minlash, ularni hisobga olish, saqlash va oqilona sarflashni nazorat qilish.
• Tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, taqsimlash, saqlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish.
• Bino, xonalar, mebel, jihozlar va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatini nazorat qilish.
• Elektr, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish va sovutish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
• Kommunal resurslardan oqilona foydalanish va hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida taqdim etishni nazorat qilish.
• Ta’mirlash, qurilish va xo‘jalik ishlarini tashkil etish va nazorat qilish.
• Xizmat avtomobillaridan, yoqilg‘i-moylash materiallari va ehtiyot qismlardan oqilona foydalanilishini nazorat qilish.
• Yetkazib beruvchilar, pudratchilar, kommunal xizmatlar va Bankning tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.
• Mol-mulkni inventarizatsiya qilish, hisobdan chiqarish va mavsumiy foydalanishga tayyorlash ishlarida ishtirok etish.
• Hisobotlar va xo‘jalik faoliyatiga oid zarur ma’lumotlarni tayyorlash.
• Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash.
Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki texnik ma’lumot.
• Xo‘jalik, ma’muriy yoki texnik yo‘nalishda kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Binolar va muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish asoslarini bilish.
• Tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini bilish.
• Xo‘jalik va birlamchi hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
• MS Office dasturlaridan foydalana olish.
• Mas’uliyatlilik, diqqatlilik, tashkilotchilik va mustaqil ishlash qobiliyati.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Asosiy vazifalar: • Java mikroservislarini loyi ...
Asosiy vazifalar: • Java-mikroservislar va back ...

