Asosiy vazifalar:
• Kredit arizalarini rasmiylashtirish va kredit ajratish bosqichlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish.
• Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va haqqoniyligini Bankning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq tekshirish.
• Kredit yig‘majildini shakllantirish va uning belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash.
• Kredit ajratish uchun belgilangan shartlarning bajarilishini nazorat qilish.
• Kredit hujjatlarini rasmiylashtirish va mijozlar bilan shartnomalarni imzolashni tashkil etish.
• Belgilangan barcha shartlar bajarilgandan so‘ng kredit mablag‘larining o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlash.
• Kreditlash va bank mahsulotlari bo‘yicha mijozlar bilan ishlash.
• Kredit operatsiyalarini amalga oshirishda Bankning ichki me’yoriy hujjatlari va talablariga rioya qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bank-moliya sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Kredit mahsulotlarini bilish.
• Kreditlashning asosiy jarayonlarini bilish.
• Kredit hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Hujjatlarni tekshirish va kredit yig‘majildini shakllantirish qobiliyati.
• Mas’uliyatlilik, diqqatlilik, mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv va tashkilotchilik.
• Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Asosiy vazifalar: • Java mikroservislarini loyi ...
Asosiy vazifalar: • Java-mikroservislar va back ...

