Bo'sh ish o'rinlari

SQB Abu-Saxiy bank xizmatlari markazi rahbari (biznes menejer) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


15.07.2026 12:42

Bank tizimida boshqaruv tajribasiga ega, jamoani samarali boshqara oladigan, biznes jarayonlarini rivojlantirish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Bank Boshqaruvi Raisi tomonidan berilgan ishonchnoma asosida o‘ziga berilgan huquq va vakolatlar doirasida faoliyat yuritish.
• Bank xizmatlari ko‘rsatish standartlari, biznes jarayonlari hamda bankning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
• Bank Boshqaruvi, BXM boshqaruvchisi va Bank tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tomonidan belgilangan topshiriqlar hamda biznes-reja ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlash.
• Bankning rivojlanish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va nazorat qilish.
• BXM faoliyatini samarali tashkil etish va vakolat doirasidagi masalalarni hal etish.
• Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini muvofiqlashtirish, muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
• Bank rahbariyatiga faoliyat natijalari bo‘yicha hisobotlar va takliflar taqdim etish.
• Amaldagi qonunchilik va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 5 yillik ish tajribasi.
• Bank tizimida boshqaruv va biznes jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tajriba.
• Strategik boshqaruv tamoyillarini bilish.
• Jamoani boshqarish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.


Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 17.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

24.07.2026 16:49:40
SQB Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb etish departamenti Mahalla bankiri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz aholining tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bank xizmatla ...

24.07.2026 16:45:26
SQB O‘rta biznes markazi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Yuridik shaxslar bilan ishlash, zamonaviy bank mahsulotlarini taklif etish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatis ...


Дата последнего обновления: 16.07.2026 18:42  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send