Bo'sh ish o'rinlari

Bosh operator


15.07.2026 15:57

Biz mijozlar bilan samarali muloqot qila oladigan, sotuvni yaxshi ko‘radigan va zamonaviy bank jamoasida rivojlanishni istaydigan Bosh operatorni izlayapmiz.
Agar siz natijaga intilsangiz, mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz va daromadingizga o‘zingiz ta'sir qilishni istasangiz — jamoamizga xush kelibsiz!

Sizning vazifalaringiz
• Yuridik shaxslar bazasi bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish.
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha professional maslahat berish.
• Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos bank yechimlarini taklif qilish.
• Sotuvlar hamda xizmat sifati bo‘yicha belgilangan KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Mijozlar bazasini yangilash va kontakt ma'lumotlarini tekshirish.
• Qo‘ng‘iroqlar natijalarini CRM tizimida qayd etish.
• Ish natijalari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
• Bankning xizmat ko‘rsatish standartlari va ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.

Sizdan kutamiz
• O‘rta maxsus yoki oliy ma'lumot.
• Bank sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Telefon orqali yoki faol sotuvlar bo‘yicha tajriba.
• O‘zbek va rus tillarini erkin bilish.
• Kuchli muloqot ko‘nikmalari, mas'uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik.
• Kompyuter va CRM tizimlarida ishlash ko‘nikmalari.

Biz taklif qilamiz
• Rasmiy ishga qabul qilish.
• Raqobatbardosh daromad: 8 416 760 so‘m fiks + 3 607 183 so‘mgacha KPI.
• Zamonaviy bosh ofisda ishlash.
• O‘qish, rivojlanish va martaba o‘sishi uchun keng imkoniyatlar.
• Bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan, ochiq muloqot va innovatsiyalarni qadrlaydigan jamoa.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости

24.07.2026 16:49:40
SQB Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb etish departamenti Mahalla bankiri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz aholining tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bank xizmatla ...

24.07.2026 16:45:26
SQB O‘rta biznes markazi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Yuridik shaxslar bilan ishlash, zamonaviy bank mahsulotlarini taklif etish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatis ...


Дата последнего обновления: 15.07.2026 15:58  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send