Bo'sh ish o'rinlari

Axborotlarni muhofaza qilish markazining Axborotlarni texnik himoya qilish xizmati Zaifliklarni boshqarish guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


03.08.2026 15:11

Biz axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Himoyalanganlikni tahlil qilish tizimlarini (zaiflik skanerlari) boshqarish, avtomatik skanerlash siyosatlari va jadvallarini sozlash.
• Ichki va tashqi manbalardan (vendor byulletenlari, tahdidlar ma’lumotlar bazalari) zaifliklar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish.
• Axborot tizimlarining himoyalanganlik darajasini baholash ko‘rsatkichlarini hisoblash.
• Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash.

 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot.
• Axborot xavfsizligi vositalarini boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalar. • Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish ko‘nikmalari.
• Mas’uliyat, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 03.08.2026 15:11  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send