WHITE GOLD

  • Kredit shartlari
  • Kerakli hujjatlar


Mahsulotni taqdim etishning asosiy shartlari


Maqsadi

Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish, paxta terim xarajatlarini moliyalashtirish, paxta xom ashyosi xaridi hisob-kitoblari uchun ajratilishi mumkin


Valyutasi

So‘m


Moliyalashtirish manbaasi

Jamgʻarma mablagʻlari, Bankning oʻz mablagʻlari va xalqaro moliya instituti mablagʻlari hisobidan


Kreditni muddati, qaytarish grafigi va davriyligi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:

- Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun
24 oygacha, shu jumladan 18 oygacha imtiyozli davr va kredit asosiy qarzi so‘nggi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan

- Paxta xom ashyosini yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun 12 oyga 3 oy imtiyozli davr bilan

Kelgusida kredit muddati va davriyligi Bank va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga asosan belgilanadi

Bank o‘z mablag‘lari va /yoki Xalqaro moliya instituti (XMI) hisobidan:

- Paxta yig‘im-terimi va paxta xom ashyosi xaridi bo‘yicha yakuniy hisob-kitob uchun – 12 oyga 3 oy imtiyozli davr bilan

Xalqaro moliya instituti (XMI) hisobidan moliyalashtirilgan taqdirda, XMI shartlariga asosan o‘rnatiladi


Kredit miqdori

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:

-      Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizi miqdorida

-      Paxta yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizi miqdorida va/yoki Bank va Jamg‘arma o‘rtasida tuzilgan amaldagi Bosh bitimga va me’yoriy huquqiy xujjatlarga asosan

Bank o‘z mablag‘lari va /yoki XMI hisobidan:

-      Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish uchun kredit miqdori Bank tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo‘yicha belgilangan limitgacha belgilanadi

-      Paxta xom ashyosi xaridi bo‘yicha yakuniy hisob-kitob uchun

paxta-to‘qimachilik klasterlari va paxta xom ashyosi yetkazib beruvchi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida yetishtirish uchun ajratilgan bo‘naklar va yetkazib berilgan paxta xom ashyosi qiymati to‘g‘risida solishtirma dalolatnoma tuziladi va solishtirma dalolatnomalarning tasdiqlangan reestri bankka taqdim qilinadi. Kredit miqdorining maksimal summasi ushbu reestr orqali aniqlanadigan fermer xo‘jaliklarining haqdorligidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi lozim

   

Foiz miqdori

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:

-      Paxta xom ashyosini yetishtirish va yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun - 10% (shundan, 2 foizi bank marjasi)

Izox: Kelgusida foiz miqdori Bank va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh bitim va me’yoriy huquqiy xujjatlarga asosan o‘zgarishi mumkin

Bank o‘z mablag‘lari hisobidan:

-      Paxta yig‘im-terimi va paxta xom ashyosi xaridi bo‘yicha  hisob-kitob xarajatlarini moliyalashtirish uchun
- 25% dan kam bo‘lmagan miqdorda

Izox: Kelgusida foiz miqdori “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida ko‘rsatilgan miqdorda belgilanadi

XMI hisobidan:

-      XMI shartlariga muvofiq belgilanadi

 

Mahsulotni taqdim etish shakli

Pul ko‘chirish yo‘li bilan (istisno tariqasida, naqd pulda paxta xom ashyosini yetishtirishda va terim puli xarajatlarini moliyalashtirishda- paxta to‘qimachilik klasterining o‘ziga ajratilgan yer uchun ish xaqiga va terim puli uchun ajratilishi mumkin)

 

Mijoz


     

Paxta-to‘qimachilik klasterlari. (Korporativ mijoz maqomiga ega bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari)

Mijozga qoʻyiladigan asosiy talablar


Paxta-toʻqimachilik klasterlari

Bir yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirish va shartnoma asosida sotib olish, shu jumladan boshqa xo‘jalik sub’ektlari bilan hamkorlik asosida chuqur qayta ishlash jarayonlarini o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etgan mijozlar 


Davlat roʻyxatidan oʻtgan vaqti

1 yildan oshgan mijozlar


Mijoz hisobraqami

Asosiy


Tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl) koʻrsatkichlariga asosan

Nolikvid balansga ega boʻlmasligi va zarar bilan yakunlanmagan boʻlishi lozim


Kartoteka 2 qarzdorligi

Mavjud boʻlmasligi lozim


Kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha CC reytingdan kam boʻlmagan


Mulkiy taʼminot

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:

-  Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida kredit ta’minotining kamida 25 foizi miqdorida likvidli mol-mulk* garovi ostida ajratiladi

Bank o‘z mablag‘lari hisobidan:         

-  Paxta yig‘im-terim va paxta xom ashyosi xaridi bo‘yicha hisob-kitob xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida Bank kredit siyosati va Kredit ta’minoti bilan ishlash tartibi shartlaridan kelib chiqib kredit  ta’minotining 50% miqdorida likvidli mulkiy garov ta’minoti talab qilinadi

*Likvidli mol-mulk: ko‘char va ko‘chmas mulklar, bino va inshootlar, turar joylar, transport vositalari, maxsus texnikalar va agregatlar    


Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov boʻyicha qoʻyiladigan shartlar

Mol-mulklar boʻyicha shartlar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida Kredit taʼminoti bilan ishlash tartibiga asosan belgilanadi


Nomulkiy taʼminot

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:

-  Terim puli xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida kredit ta’minotining 125 foizi dan kam bo‘lmagan (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) miqdorda uchinchi shaxslarning kafilligi va sug‘urta kompaniyalarining kredit qaytmaslik xatarini oldini olish bo‘yicha sug‘urta polislari garov ta’minoti  sifatida qabul qilinishi mumkin

Ta’minot sifatida korxona kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan bo‘lishi, olingan kredit  va avval berilgan kafilliklar bo‘yicha SQB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari bo‘lmasligi, kafillik summasi kafil korxona sof aktivlarining 1,5 barobaridan (oldin taqdim etilgan amaldagi kafillik shartnomalari bo‘yicha majburiyat chegirilganda) oshmagan miqdorda bo‘lishi, hamda Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim

I. Paxta yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun:

1. Ariza.

2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).

5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes-reja.

8. Fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xo‘jaliklarining tasdiqlangan ro‘yxati (bunda shartnoma sanasi, raqami, summasi, chigit ekiladigan maydon bo‘yicha batafsil ma’lumot bo‘lishi lozim).

9. Tegishli tuman hokimining g‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risidagi qaror nusxasi ilovalari bilan birgalikda.

10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan o‘tgan hosil yilidagi paxta hosildorligi (sentner/gektar) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

11. Paxta-to‘qimachilik klasteriga yer ajratish bo‘yicha tegishli tuman xokimining qarori. (Klasterning o‘ziga ajratilgan yer maydoni bo‘yicha).

II. Yig‘im-terim va yakuniy hisob-kitob xarajatlarini moliyalashtirish uchun:

1. Ariza.

2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).

5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes-reja.

Shuningdek, kredit mahsuloti bo‘yicha Rossiya, Belarus yoki Eron davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlardan biri ishtirok etganda, shartnomaning (bitim) sanksiya bilan bog‘liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda Tier/Band 1 darajasida va Chambers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan xalqaro yuridik kompaniyalari tomonidan kontragentlarining xalqaro sanksiyalar ro‘yxatida emasligi to‘g‘risidagi ijobiy xulosalarini taqdim etilishi lozim.


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up