Syndicate

  • Kredit shartlari
  • Kerakli hujjatlar

Maqsulotni takdim etishning asosiy shartlari

Maqsadi

Investitsiya loyiha doirasidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchun

Valyutasi

UZS, USD, EUR, RUB 

Kredit manbasi

Bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim

Muddati

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan bo‘lganda - 5 yilgacha (imtiyoz davri 2 yilgacha) ammo loyiha o‘zini-o‘zi qoplash muddatidan oshiq bo‘lmagan muddatga;

Jalb qilingan mablag‘lar- jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq.

Mikdori

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi boʻyicha belgilanadigan miqdorgacha ammo jami sindikat krediti summasining 20%i mikdorigacha

Foiz mikdori

Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan: Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyicha Boshqaruv qarorida  oʻrnatilgan miqdorda

Jalb qilingan mablag‘larda: Mablag‘ jalb qilingan moliya instituti shartlari + bank marjasi (Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida ko‘rsatilgan miqdorda)

 

Mijoz 

Korporativ mijozlar (neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya va boshqa tarmoq mijozlari)

     

Mijozga qo‘yiladigan asosiy  talablar

 
 

Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar;
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) bo‘yicha foyda bilan faoliyat yuritishi;
Kredit reytingi (layoqatliligi) - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo‘yicha CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim;
Qaror qabul qilish sanasida barcha tijorat banklari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi lozim;
KATM ma’lumotnomasiga asosan, tijorat banklari oldida “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
So‘nggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga o‘tganlik holatlar soni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi lozim;
Loyihadagi ulushi 30%dan kam bo‘lmasligi kerak

Mulkiy ta’minot

Loyiha natijasida yaratilayotgan asosiy vositalar kompleksi garovi;

Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar,  qimmatbaho metallar, aksiyalar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar

Ko‘chmas mulk – har qanday;

Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan (kredit muddati 3 yildan oshiq bo‘lganda 3 yildan oshmagan);

Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (kredit muddati 3 yildan oshiq bo‘lganda 2 yildan oshmagan);

Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (kredit muddati 3 yildan oshiq bo‘lganda 2 yildan oshmagan).

Nomulkiy ta’minot

Kredit summasining 125%dan kam bo‘lmagan holda korporativ mijozlar miqdorda kafilligi, sug‘urta polisi, jamg‘arma kafilligi

Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijoz bo‘lishi, kafillik summasi kafil korxona o‘z mablag‘lari manbalari (balans hisoboti -480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda bo‘lishi, Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim.


Ta’minot jami qiymati kredit summasining 125%idan (bankga aloqador shaxslar uchun 130%dan) kam bo‘lmasligi kerak.

1. Ariza.

2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).

5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining  kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi.

8. Sotib olinayotgan asosiy vositalar narxining jahon bozori konyukturasiga mos kelishi bo‘yicha akkreditatsiyasidan o‘tgan xalqaro konsalting kompaniyasining yoki “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi.

9. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asosnoma.

10. Loyiha ekologik ekspertiza talab qilinadigan loyihalar toifasiga kirgan holatlarda ekologik xulosa.

11. Agar kredit hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, unda:

a. qurilish arxitektura rejalashtirish topshirig‘i

b. qurilishning smeta xujjati

v. smeta xujjatining ekspertizasi va boshqa qurilishga oid hujjatlar

Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda:

1. Kafil korxona ta’sis xujjatlari;

2. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot;

3. Kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining  kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.);

4. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi

5. Kafillik taqdim etish bo‘yicha kafilning vakolatli organining  ijobiy roziligi.

6.  Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl).

           

Ta’minot sifatida mulk taqdim etilganda:

1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti.

2. Mulk egasining ta’sis xujjatlari (ta’sis shartnomasi, nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa). Mulk jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa – mulk egasining pasporti nusxasi; 

3. Mulk egasining kafolatning ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa).

4. Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning ro‘yxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi)

Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha xujjatlar so‘ralishi mumkin.


Oxirgi yangilanish sanasi: 12.10.2021 11:39  
up