Maqsadi |
Quyosh panellarini sotib olish |
Valyutasi | UZS |
Muddati |
60 oygacha |
Miqdori |
60 000 AQSh dollari ekvivalentigacha
Bunda kredit quyidagi transhlar orqali ajratiladi: |
Asosiy qarzdorlik bo‘yicha imtiyozli davr |
12 oygacha |
Asosiy qarz va foizlarni to‘lash davriyligi |
Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr tugagandan so’ng har oyda |
Yillik foiz stavkasi |
Yillik 17% |
Mahsulot bo‘yicha ta’minot |
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda |
Qo’shimcha shartlar |
Import shartnoma bo‘yicha to‘lov asosiy vositalar yetkazib berilgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki akkreditiv (100%) to‘lov turi orqali amalga oshirilishi lozim |
1. Ariza;
2. Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar mustasno);
3. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2- sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);
4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda tezkor tayyorlangan buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti taqdim etiladi);
5. Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot;
6. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri ko‘rsatilishi lozim);
7. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
8. Faoliyat joyi bo’yicha kadastr hujjati (qarz oluvchiga tegishli bo’lishi shart);
9. Bir loyiha doirasidagi summasi 60,0 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan import shartnoma(lar) bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan xalqaro konsalting tashkiloti ijobiy xulosasi;
10. Shartnoma tovar yetkazib berish zanjirida Rossiya, Belorussiya va Eron davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlardan biri ishtirok etganda, shartnomaning sanksiya bilan bog‘liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda (Champers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 kabi) Tier 1 / Band 1 reytingiga ega xalqaro yuridik kompaniyalar ijobiy xulosasi;
11. Qarz oluvchi o’z ehtiyojlari uchun quyosh panellari sotib olish va o’zining mavjud hududi (binoning tom qismi yoki boshqa bo’sh yer maydonlari)ga o’rnatish maqsadida bo’lsa, davlat ekologik ekspertiza xulosasi talab qilinmaydi;
12. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam so‘ralishi mumkin.
Kredit summasi | Mulkiy ta’minot | Dastlabki mulkiy ta’minot |
Nomulkiy ta’minot |
20 000 AQSH dollari ekv.gacha | - | - | 125%* |
20 000 AQSH dollari ekv.dan yuqori | 125% | 125% | - |
* 125% nomulkiy ta’minot (sug’urta polisi va / yoki kafillik) asosida 20 000 AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha ajratiladigan kreditlar uchun qarz oluvchi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Kredit yuklamasi 50%dan oshmasligi
2. Qarz oluvchi davlat ro‘yxatidan o‘tganiga 6 oydan kam bo‘lmasligi
3. Korxona joriy kredit va unga tenglashtirilgan qarzdorliklar hamda taqdim etilishi rejalashtirilgan kredit summasiga sof aktivlarining nisbati 50%dan oshmasligi lozim