1. Ustav fondi taʼsischilar tomonidan to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi;
2. Qarz oluvchining kredit yuklamasi 100%dan (aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 150%dan) oshiq bo‘lmasligi lozim. Agarda qarz oluvchi kredit yuklamasi 100%dan (aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 150%dan) yuqori bo‘lsa, kredit taʼminoti sifatida yuridik shaxs kafilligi olinadi. Ushbu holatda kafil korxonaga qo‘yiladigan talablar: - Kafil korxonalar soni 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi; - Qarz oluvchi va kafil korxona(lar)ning birgalikdagi kredit yuklamasi 100%dan (aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 150%dan) oshmasligi lozim; - Kafillik summasi so‘ralayotgan kreditning 125%dan kam bo‘lmasligi lozim (agarda kafillar soni 2 ta bo‘lsa, har bir kafil korxona kredit summasining 125%ga kafillik taqdim etiladi);
3. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;
4. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi;
5. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
6. O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
7. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
8. KATM maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
9. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida: 30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 15 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklarga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;
10. Oxirgi 12 oyda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga o‘tgan kredit bo‘yicha to’lovlar (asosiy qarz va/yoki foiz) 3 martadan ko‘p bo‘lmasligi;
11. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va hisoblangan foiz qarzdorligi bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari mavjud bo‘lmasligi; (bundan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan muddati uzaytirilgan holatlar mustasno);
12. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi;
13. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik bo‘yicha shartlari qayta ko‘rib chiqilgan va muddati uzaytirilgan foiz qarzdorliklari hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo‘lmasligi;
14. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim (Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv Kreditlarni boshqarish bo‘limining maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi. Bunda kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati еtib kelmagan, mijoz еtkazib beruvchini xizmat/mahsulot еtkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi);
15. Import shartnomada tashabbuskorning ulushi bank kredit siyosati talablariga asosan amalga oshirilishi lozim;
16. Qarz oluvchining mahsulot еtkazib beruvchi bilan imzolagan kredit mablag‘lari yo‘nalishi uchun taqdim etgan shartnomalar va ushbu еtkazib beruvchi bilan tuzilgan boshqa shartnomalari bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (YEEISVO) tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;;
17. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;
18. Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega;
19. Mijoz tomonidan kredit mablag‘lari yo‘nalishi uchun taqdim etilgan shartnomalar bo‘yicha mahsulot еtkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning faoliyat turi, sudda daʼvo arizalari mavjudligi, Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi hamda zarur hollarda boshqa maʼlumotlari biznes menejer tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim;
20. Investitsion loyihalarda kredit hisobiga sotib olinayotgan obyektlarning mahalliy oldi-sotdi shartnoma qiymatining kamida 15% qismi korxona o’z mablag’lari hisobidan kredit ajratilgunga qadar moliyalashtirilishi lozim;
21. Kredit mablag‘lari auksiondan asosiy vosita (bino-inshoot)lar sotib olish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan hollarda, kredit summasi lotning boshlang‘ich narxidan oshmagan miqdorda belgilanadi. Bunda, lotning boshlang‘ich narxining 15%dan kam bo‘lmagan qismi qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanishi lozim. Lotning boshlang‘ich va yakuniy narxi o‘rtasidagi farq qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
22. Kredit mablag‘lari chet eldan asosiy vositalar (asbob-uskunalar, maxsus texnikalar, bundan, xom-ashyo mustasno) sotib olish uchun mahalliy vositachi (diller, savdo uylari va boshq.) korxonalarga yo‘naltiriladigan taqdirda, kredit mablag‘lari asosiy vositalar Respublika hududiga kirib kelgandan so‘ng ajratiladi. Bunda, bir loyiha doirasida summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalenti va undan yuqori bo‘lgan shartnoma(lar) bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi hamda summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan shartnoma(lar) bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan tashkilot xulosasi (Markaz xulosasi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno) talab etiladi. Zarur hollarda, ayrim loyihalar bo‘yicha summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan shartnomalar bo‘yicha bank tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKdan xulosa olish maqsadida murojaat qilinishi mumkin.