1. Ustav fondi ta’sischilar tomonidan to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi
(so‘ralayotgan kredit miqdori 100 000,0 Aqsh dollari ekvivalentidan yuqori bo‘lgan
hollarda);
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan
bo‘lishi;
3. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi;
4. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan
kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
5. O‘zaro aloqador korxonalarining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati
o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
6. 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
7. KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda
o‘zaro aloqador korxonalarining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”,
“shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud
bo‘lmasligi;
8. Kreditlar bo‘yicha ohirgi 60 oy ichida:
- 30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 20 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
- 60+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklari 3 tadan koʻp boʻlmasiligi;
- 90+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklarga umuman yoʻl qoʻyilmagan boʻlishi;
9. Oxirgi 12 oy ichida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga o‘tgan kredit
bo‘yicha to‘lovlar 3 martadan ko‘p bo‘lmasligi;
10. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlarining asosiy
qarz bo‘yicha 3 tadan, foiz bo‘yicha 2 tadan ko‘p muddatini uzaytirish holatlari
bo‘lmasligi hamda qayta ko‘rib chiqilgan hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo‘lmasligi;
11. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan
kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud
bo‘lmasligi;
12. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan
maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi;
13. Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha
qarzdorligi bo‘lmasligi;
14. Oxirgi 3 yil davomida kredit xizmatlarini ko‘rsatish bo`yicha iqtisodiy sudiga
da’vo arizalari berilgan bo‘lib, da’vo qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda
ariza ko‘rib chiqilishi va rad etilishi mumkin.