1. Ustav fondi taʼsischilar tomonidan toʻliq shakllantirilgan boʻlishi;
2. Qarz oluvchining kredit yuklamasi 100%dan oshiq boʻlmasligi lozim.
Agarda qarz oluvchi kredit yuklamasi 100%dan yuqori boʻlsa, kredit taʼminoti sifatida yuridik shaxs kafilligi olinadi. Ushbu holatda kafil korxonaga qoʻyiladigan talablar:
- Kafil korxonalar soni 2 tadan koʻp boʻlmasligi;
- Qarz oluvchi va kafil korxona(lar)ning birgalikdagi kredit yuklamasi 100%dan oshmasligi lozim;
- Kafillik summasi soʻralayotgan kreditning 125%dan kam boʻlmasligi lozim (agarda kafillar soni 2 ta boʻlsa, har bir kafil korxona kredit summasining 125%ga kafillik taqdim etiladi);
- Kafil korxona sof aktivining 1,5 barobari miqdori kredit summasining 80%idan kam boʻlmasligi lozim (agar kafillar soni 2 ta boʻlsa, ushbu korxonalarning sof aktivi yigʻindisining 1,5 barobar miqdori kredit summasining 80%dan kam boʻlmasligi lozim);
3. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan boʻlishi (Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
4. Oʻz aylanma mablagʻlari mavjudligi manfiy koʻrsatkichda boʻlmasligi (Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
5. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar boʻyicha muddati oʻtgan kredit qarzdorligi boʻlmasligi;
6. Oʻzaro aloqador korxonalarining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati oʻtgan kredit qarzdorliklari mavjud boʻlmasligi;
7. 2-sonli kartoteka hisobvaragʻida qarzdorlik mavjud boʻlmasligi;
8. KATM maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda oʻzaro aloqador korxonalarining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali”
va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud boʻlmasligi;
9. Kreditlar boʻyicha ohirgi 60 oy ichida:
30+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklari 15 tadan koʻp boʻlmasligi;
60+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklari 3 tadan koʻp boʻlmasligi;
90+dan oshgan muddati oʻtgan qarzdorliklarga umuman yoʻl qoʻyilmagan boʻlishi;
10. Oxirgi 12 oyda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga oʻtgan kredit boʻyicha tulovlar (asosiy karz va/yoki foiz) 2-martadan koʻp boʻlmasligi;
11. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik boʻyicha oraliq hamda yakuniy toʻlov muddatini uzaytirish holatlari 2 tadan koʻp boʻlmasligi;
12. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kreditga hisoblangan foiz qarzdorligi boʻyicha toʻlov muddatini uzaytirish holatlari 2 tadan koʻp boʻlmasligi;
13. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik boʻyicha shartlari qayta koʻrib chiqilgan hisobvaraqlarida qoldiq mavjud boʻlmasligi;
14. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida mavjud kreditlar boʻyicha muddati uzaytirilgan foiz qarzdorliklari qoldigʻi mavjud boʻlmasligi;
15. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud boʻlmasligi;
16. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud boʻlmasligi lozim. (Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv Kreditlarni boshqarish boʻlimining maqsadli ishlatilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi. Bunda kreditlar boʻyicha maqsadli ishlatilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma muddati yetib kelmagan, mijoz yetkazib beruvchini xizmat/mahsulot yetkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablagʻlarini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim boʻlmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar boʻyicha ushbu shart qoʻllanilmaydi);
17. Kredit xisobiga sotib olinayotgan obyektning maxalliy oldi-sotdi shartnoma qiymatining kamida 15 foiz qismi korxona oʻz mablagʻlari hisobidan kredit ajratilgunga qadar moliyalashtirilishi lozim;
18. Kredit mablagʻlari auksiondan asosiy vosita (bino-inshoot)lar sotib olish uchun yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan hollarda, kredit summasi lotning boshlangʻich narxidan oshmagan miqdorda belgilanadi. Bunda, lotning boshlangʻich narxining 15%dan kam boʻlmagan qismi qarz oluvchining oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanishi lozim. Lotning boshlangʻich va yakuniy narxi oʻrtasidagi farq qarz oluvchining oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
19. Import shartnomada tashabbuskorning ulushi bank kredit siyosati talablariga asosan amalga oshirilishi lozim;
20. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (EEISVO) tashqi savdo shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzdorliklari mavjud boʻlmasligi;
21. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻ boʻlmasligi lozim;
22. Ohirgi 3 yilda kredit xizmatlari boʻyicha iqtisodiy sudda daʼvo arizalari mavjud boʻlgan va daʼvo arizasi qisman yoki toʻliq qanoatlantirilgan taqdirda soʻrovnoma koʻrib chiqilib, rad etiladi;
23. Mijoz tomonidan kredit mablagʻlari yoʻnalishi uchun taqdim etilgan shartnomalar boʻyicha mahsulot yetkazib beruvchi va xizmat koʻrsatuvchi korxonaning faoliyat turi, sudda daʼvo arizalari mavjudligi, Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi hamda zarur hollarda boshqa maʼlumotlari biznes menejer tomonidan oʻrganib chiqilishi lozim;
24. Kredit mablagʻlari chet eldan asosiy vositalar (asbob-uskunalar, maxsus texnikalar, bundan, xom-ashyo mustasno) sotib olish uchun mahalliy vositachi (diller, savdo uylari va boshq.) korxonalarga yoʻnaltiriladigan taqdirda, kredit mablagʻlari asosiy vositalar Respublika hududiga kirib kelgandan soʻng ajratiladi.
Bunda, bir loyiha doirasida summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalenti va undan yuqori boʻlgan shartnoma(lar) boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻalikni qiskartirish vazirligi huzuridagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi hamda summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlgan shartnoma(lar) boʻyicha xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan tashkilot xulosasi (Markaz xulosasi mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno) talab etiladi. Zarur hollarda, ayrim loyihalar boʻyicha summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlgan shartnomalar boʻyicha bank tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻalikni qiskartirish vazirligi huzuridagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKdan xulosa olish maqsadida murojaat qilinishi mumkin.