1. Moliyaviy natijalar to'g'risida xisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo'lishi (yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari bundan mustasno);
2. O'z aylanma mablag'lari mavjudligi manfiy ko'rsatkichda bo'lmasligi (yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari bundan mustasno);
3. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operasiyalar bo'yicha muddati o'tgan kredit qarzdorligi bo'lmasligi;
4. O'zaro aloqador korxonalarining "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida muddati o'tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo'lmasligi;
5. 2-sonli kartoteka hisobvarag'ida qarzdorlik mavjud bo'lmasligi;
6. Katm ma'lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o'zaro aloqador korxonalarining "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo'lmasligi;
7. Kreditlar tarixi bo'yicha ohirgi 5 yil ichida: 30+dan oshgan muddati o'tgan qarzdorliklari 20 tadan ko'p bo'lmasiligi; 60+dan oshgan muddati o'tgan qarzdorliklari 3 tadan ko'p bo'lmasiligi; 90+dan oshgan muddati o'tgan qarzdorliklarga umuman yo'l qo'yilmagan bo'lishi;
8.Oxirgi 12 oyda "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida oydan oyga o'tgan kredit buyicha tulovlar (asosiy karz va/yoki foiz) 3 marta dan kap bo'lmasligi.
9. "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va hisoblangan foiz qarzdorligi bo'yicha oraliq hamda yakuniy to'lov muddatini uzaytirish holatlari 3 tadan ko'p bo'lmasligi;
10. "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik bo'yicha shartlari qayta ko'rib chiqilgan va muddati uzaytirilgan foiz qarzdorliklari hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo'lmasligi;
11. "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud bo'lmasligi;
12. "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo'lmasligi lozim. (Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv kreditlarni boshqarish bo'limining maqsadli ishlatilganlik to'g'risidagi dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi. Bunda kreditlar bo'yicha maqsadli ishlatilganlik to'g'risidagi dalolatnoma muddati etib kelmagan, mijoz etkazib beruvchini xizmat/mahsulot etazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag'larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo'lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo'yicha ushbu shart qo'llanilmaydi)
13. Mijozning majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan mablag'bo'lmasligi lozim;
14. Ohirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo'yicha iqtisodiy sudda da'vo arizalari mavjud bo'lgan va da'vo arizasi qisman yoki to'liq qanoatlantirilgan taqdirda so'rovnoma ko'rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so'rovnomani rad etish huquqiga ega;
15. Kredit mablag'lari chet eldan asosiy vositalar (transport vositalari, maxsus texnikalar) sotib olish uchun mahalliy vositachi (diller, savdo uylari va boshq.) korxonalarga yo'naltiriladigan taqdirda, kredit mablag'lari asosiy vositalar Respublika hududiga kirib kelgandan so'ng ajratiladi.
16. Mijoz tomonidan kredit mablag'lari yo'nalishi uchun taqdim etilgan shartnomalar bo'yicha mahsulot etkazib beruvchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonaning faoliyat turi, sudda da'vo arizalari mavjudligi, majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi hamda zarur hollarda boshqa ma'lumotlari biznes menejer tomonidan o'rganib chiqilishi lozim.