60 000 USD ekvivalentigacha
Kreditning maksimal miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
12 oygacha
Imtiyoz muddati
UZS
Kredit valyutasi
Korporativ hamda mikro, kichik va oʻrta biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
17 % dan
Kredit stavkasi milliy valyutada
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Quyosh panellarini sotib olish
Valyuta:
Milliy valyuta (so‘m)
Muddati:
60 oygacha
Foiz stavkasi:
Yillik 17%
Imtiyoz muddati:
12 gacha
Miqdori:
60 000 AQSh dollari ekvivalentigacha
Bunda kredit quyidagi transhlar orqali ajratiladi:
1-transh: kredit summasining 85% oshmagan miqdorda
2-transh: kredit summasining qolgan qismi quyosh panellari o’rnatilib ishga tushirilgandan va kreditning maqsadli ishlatilishi o’rganilgandan so’ng ajratiladi
Avtotransport vositalarini sotib olish soni:
Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr tugagandan so’ng har oyda
Foiz to’lovi – har oyda (differensial va annuitet to’lov usulida)
Mahsulot bo‘yicha ta’minot
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda (Bankga aloqador shaxslar uchun 130%)
Qo'shicha shartlar:
Import shartnoma bo‘yicha to‘lov asosiy vositalar yetkazib berilgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki akkreditiv (100%) to‘lov turi orqali amalga oshirilishi lozim
1. Quyosh panelining narxi 1 kVt uchun 1500 dollardan oshmasligi kerak.
2. Oldi-sotdi shartnomasida sotib olingan uskunaning batafsil tavsifi, shu jumladan quyosh panelining ishlab chiqarish quvvati, uning yangiligi, tarkibi va boshqa xususiyatlari bo'lishi kerak.
3. Oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha kamida quyosh paneli va inverter sotib olinishi kerak. Agar ushbu shart bajarilmasa, mijoz sotib olinmagan quyosh paneli yoki inverter mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
4. Oldi-sotdi shartnomasida uskunaning kafolat muddati ko'rsatilishi kerak.
5. Loyiha tashabbuskori uchun doimiy ish joyining mavjudligi zaruriy shartdir. Kredit mablag'laridan foydalanganda ijaraga olingan maydon va ob'ektlarga quyosh panellarini sotib olish va o'rnatish taqiqlanadi.
Nomulkiy ta’minot
Mulkiy ta’minot
Dastlabki mulkiy ta’minot
* 125% nomulkiy ta’minot (sug’urta polisi va / yoki kafillik) asosida 20 000 AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha ajratiladigan kreditlar uchun qarz oluvchi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Kredit yuklamasi 50%dan oshmasligi
2. Qarz oluvchi davlat ro‘yxatidan o‘tganiga 6 oydan kam bo‘lmasligi
3. Korxona joriy kredit va unga tenglashtirilgan qarzdorliklar hamda taqdim etilishi rejalashtirilgan kredit summasiga sof aktivlarining nisbati 50%dan oshmasligi lozim
Agarda ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda, Qarz oluvchi tomonidan kredit summasining 125%dan kam bo‘lmagan miqdorda dastlabki mulkiy garov taqdim etilishi lozim
1. Ariza;
2. Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar mustasno);
3. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);
4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda tezkor tayyorlangan buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti taqdim etiladi);
5. Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot;
6. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri ko‘rsatilishi lozim);
7. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
8. Faoliyat joyi bo’yicha kadastr hujjati (qarz oluvchiga tegishli bo’lishi shart);
9. Bir loyiha doirasidagi summasi 60,0 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan import shartnoma(lar) bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan xalqaro konsalting tashkiloti ijobiy xulosasi;
10. Shartnoma tovar yetkazib berish zanjirida Rossiya, Belorussiya va Eron davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlardan biri ishtirok etganda, shartnomaning sanksiya bilan bog‘liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda (Champers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 kabi) Tier 1 / Band 1 reytingiga ega xalqaro yuridik kompaniyalar ijobiy xulosasi;
11. Qarz oluvchi o’z ehtiyojlari uchun quyosh panellari sotib olish va o’zining mavjud hududi (binoning tom qismi yoki boshqa bo’sh yer maydonlari)ga o’rnatish maqsadida bo’lsa, davlat ekologik ekspertiza xulosasi talab qilinmaydi;
12. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam so‘ralishi mumkin.
Savollaringiz bormi?
Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz – siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.