Yuridik shaxs maqomiga ega faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga:
1.Ariza;
2. Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bundan mustasno);
3. Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi;
4. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2- sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);
5. Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot;
6. Garov ob’ekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
7. Garov ob’ekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati;
8. Garov ob’ekti avtotransport vositalari va maxsus texnikalar bo‘lgan taqdirda transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
9. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;
10. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko’rsatilsa);
11. Mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo’Isa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko’rsatilsa);
12. Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi;
13. Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);
14. Kafil korxonaning oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (agar korxona oxirgi moliyaviy yildan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki oxirgi moliyaviy yildan so‘ng kredit mablag‘lari olgan bo‘lsa);
15. Kafil korxonaning ta’sis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
16. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
17. Kafil korxonaning Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi, kartoteka qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot.