Yangiliklar

SQB: yoshlar bilan yuzma-yuz


23.04.2026 17:07

SQB: yoshlar bilan yuzma-yuz

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) vakillari hududlarda bo‘lib, yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganmoqda.

Hududlarda o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida:

– yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi hamda innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi;

– tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun bank imtiyozlari, biznes-reja tuzish va risklarni boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi;

– yoshlarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi;

– bank tizimida ishlash istagidagi yoshlar uchun karyera yo‘nalishlari va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, Sirdaryo viloyatining Guliston tumani, Andijon viloyatining Shahrixon tumani hamda Navoiy shahrida tashkil etilgan ochiq muloqotlarda ularning murojaatlari yuzasidan aniq choralar belgilandi.

Mazkur uchrashuvlar:

– yoshlarning muammolarini joyida o‘rganish va hal etish;

– bank va mijoz o‘rtasidagi ishonchli hamkorlikni mustahkamlash;

– yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zsanoatqurilishbank yoshlarning istiqbolli loyihalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘lida izchil ishlarni davom ettiradi.





Другие новости

17.06.2026 10:00:24
Korporativ IT platformalari litsenziyalari xaridi bo‘yicha ma’lumot

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...

12.06.2026 20:30:44
Xalqaro kapital – milliy taraqqiyot omili: SQB tajribasi va natijalari

Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...


Дата последнего обновления: 23.04.2026 17:08  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send