Yangiliklar

SQB ISO 50001 xalqaro va milliy sertifikatlariga ega boʻldi


16.04.2026 10:24

Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) energiya menejmenti tizimini joriy etish va uni samarali yoʻlga qoʻyish natijasida ISO 50001 xalqaro hamda milliy sertifikatlarini qoʻlga kiritdi. Shu bilan bank mazkur standart boʻyicha sertifikatlangan Oʻzbekistondagi birinchi tijorat banki sifatida eʼtirof etildi.
 
Ushbu natija bank faoliyatida energiyadan oqilona foydalanish, resurslarni tejash va ekologik taʼsirni qisqartirishga qaratilgan tizimli yondashuv mavjudligini tasdiqlaydi.
 
Sertifikatsiya jarayoni doirasida:
- energiya menejmenti tizimining ISO 50001 talablariga mosligi tasdiqlandi;
- xodimlar malakasi oshirilib, 20 nafar mutaxassis sertifikat oldi;
- tayyorgarlik ishlari tashqi konsultantlar jalb etilmasdan, bankning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirildi.

 
Mazkur natija bankda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, resurslardan unumli foydalanish va uzoq muddatli rivojlanishga xizmat qiladi.
 
SQB kelgusida ham “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini qoʻllab-quvvatlash, energiyadan oqilona foydalanish va ekologik masʼuliyatni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslarni davom ettiradi.




Другие новости

17.06.2026 10:00:24
Korporativ IT platformalari litsenziyalari xaridi bo‘yicha ma’lumot

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...

12.06.2026 20:30:44
Xalqaro kapital – milliy taraqqiyot omili: SQB tajribasi va natijalari

Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...


Дата последнего обновления: 22.04.2026 10:25  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send