Bo'sh ish o'rinlari

SQB Axborot xavfsizligi hodisalarini boshqarish xizmati Axborot xavfsizligi hodisalarini boshqarish guruhi bosh menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


22.06.2026 15:46

Biz murakkab kiberhujumlarni tahlil qilish, raqamli ekspertiza (Forensics), insidentlarga javob berishni avtomatlashtirish hamda bank axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chuqur tajribaga ega mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• SIEM (QRadar, Splunk va boshqalar) tizimlarida axborot xavfsizligi hodisalarini doimiy monitoring qilish va tahlil etish. • Axborot xavfsizligi insidentlariga tezkor javob berish hamda SOAR tizimida avtomatlashtirilgan playbooklarni ishlab chiqish va joriy etish. • Firewall, WAF, NDR kabi tarmoq qurilmalari hamda EDR, Antimalware kabi so‘nggi nuqta xavfsizlik tizimlarida shubhali faoliyatlarni kuzatish. • Hodisalarni korrelyatsiya qilish, yashirin tahdidlarni aniqlash va threat hunting jarayonlarini amalga oshirish.

 Talablar:
• Axborot xavfsizligi yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishida oliy ma’lumot. • Axborot xavfsizligi sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi. • Windows (Active Directory, Kerberos, Event Logs) va Linux (Syslog, Auditd, Kernel monitoring) operatsion tizimlari arxitekturasi hamda xavfsizligi bo‘yicha chuqur bilim. • TCP/IP protokollari, Deep Packet Inspection hamda Wireshark/Tshark vositalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba. • MITRE ATT&CK freymvorki, uning taktikalari va metodologiyalari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lish. • Axborot xavfsizligi yo‘nalishidagi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish ustunlik hisoblanadi. • O‘zbek va ingliz tillarini bilish.


 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости

24.06.2026 15:45:04
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisiga kichik servis menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank operatsiyalari sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimi ...

23.06.2026 12:16:04
SQB Marketing departamenti Xodimlar sifati va rivojlantirish xizmati menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xizmat standartlarini takomillashtiris ...


Дата последнего обновления: 23.06.2026 10:10  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send