“O‘zsanoatqurilishbank” ATB HR-brend va ichki kommunikatsiyalar bo‘yicha yo‘nalish rahbari lavozimiga tanlov e’lon qiladi
12.03.2026 15:24 1. Ta’lim
- Oliy ma’lumot (afzalroq kadrlarni boshqarish, huquqshunoslik, iqtisodiyot yoki menejment yo‘nalishlarida).
- Mehnat qonunchiligi yoki kadrlar hujjatlarini yuritish bo‘yicha qo‘shimcha kurslar yoki sertifikatlar ma’qul ko‘riladi.
2. Ish tajribasi
- HR-administratsiya / kadrlar hujjatlarini yuritish sohasida kamida 5 yil ish tajribasi.
- Bank yoki moliya tizimida ishlaganlik tajribasi afzal hisoblanadi.
3. Professional bilimlar
Nomzod quyidagilarni yaxshi bilishi kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
- Mehnat munosabatlari sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar.
- Kadrlar hujjatlarini yuritish qoidalari va tartiblari.
- Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha ichki nizomlar, reglamentlar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish amaliyoti.
4. Lavozim vazifalari
- Kadrlar hujjatlarini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish.
- Ichki normativ hujjatlarni (reglamentlar, nizomlar, protseduralar) ishlab chiqish.
- Mehnat qonunchiligi va bankning ichki siyosatlariga rioya etilishini nazorat qilish.
- Yuridik bo‘lim, audit va ichki nazorat bilan hamkorlik qilish tajribasi.
5. Shaxsiy kompetensiyalar
- Yuqori darajadagi mas’uliyat va detallarga e’tibor.
- Tizimli fikrlash.
- Katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlash qobiliyati.
- Jarayonlarni tashkil etish va nazorat qilish ko‘nikmalari.
- Rivojlangan kommunikatsion va boshqaruv ko‘nikmalari.
6. Qo‘shimcha talablar
- O‘zbek va rus tillarini bilish (ish yozishmalari uchun).
- Ichki HR tizimlari va elektron hujjat aylanishi bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.

367
Другие новости