SQB Ma'muriy-xo'jalik departamentining xo'jalik xizmatiga Sirdaryo viloyati ma'muriy xo'jalik guruhi rahbari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
08.06.2026 15:30
Bank mulki va xo'jalik ta'minotini boshqarish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar: • Kanselyariya, xo'jalik va boshqa mollarning o'z vaqtida olib kelinishi va omborga kirim qilinishini ta'minlash • Tarmoq mulklaridan oqilona foydalanish va saqlashni tashkil etish, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish • Bino va inshootlarni bahorgi-yozgi va kuzgi-qishki mavsumlarga tayyorlash reja-tadbirlarini ishlab chiqish • Muhandislik kommunikatsiyalari (elektr, gaz, suv, isitish, kanalizatsiya) ishchi holatda bo'lishini tashkil etish • Kommunal xizmatlar bo'yicha shartnomalar rasmiylashtirish va hisoblagich ko'rsatkichlarini taqdim etish • Mebel, jihozlar va xo'jalik mollari bilan ta'minlash hamda ularning saqlanishini nazorat qilish • Xizmat avtotransport vositalaridan foydalanilishi va texnik holatini nazorat qilish • Tarmoq balansidagi mol-mulklarni hisobdan chiqarish bo'yicha takliflar kiritish
Talablar: • Oliy iqtisodiy yoki texnik ma'lumot • Kamida 2 yillik ish tajribasi • Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik • O'zbek va rus tillarini bilish
Ish joyi: Sirdaryo viloyati
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.