“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi hududlarda davom etmoqda
25.11.2025 16:29
Mamlakatimizda yordamchi agentlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Markaziy bank tashabbusi bilan O‘zsanoatqurilishbankning tashkiliy ko‘magida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Unda 16 nafar yordamchi agent o‘z bilim va malakasini namoyish etdi.
Natijada eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi tanlovning Respublika bosqichiga yo‘l oldi.
Faol ishtirok etgan boshqa agentlarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

165