SQBning ISO 37001:2016 xalqaro sertifikati qayta tasdiqlandi


16.09.2025 14:26

SQBning ISO 37001:2016 xalqaro sertifikati qayta tasdiqlandi

O‘zsanoatqurilishbank (SQB)da 2022-yilda joriy etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining xalqaro mezonlarga to‘liq muvofiqligi yana bir bor tasdiqlandi.
 
Joriy yil avgust oyida o‘tkazilgan xalqaro kuzatuv auditi natijalariga ko‘ra, bank faoliyati ijobiy baholandi va “CertI nternational” tashkiloti tomonidan ISO 37001:2016 standartiga muvofiqlik sertifikati qayta taqdim etildi.
 
Ushbu hujjat O‘zbekiston moliya sektorida shaffoflik va halollik tamoyillariga tizimli yondashuv hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatning amaliy isbotidir.
Shuningdek, mazkur natija bankning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi davlat siyosatiga uyg‘un holdagi faoliyatini namoyon etadi. Bu esa investorlar, xalqaro hamkorlar va mijozlar ishonchini yana-da mustahkamlaydi.
 
Ta’kidlash joiz, SQB tizimida kontragentlarni tekshirish, xodimlarning shaxsiy manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish kabi tizimli choralar yo‘lga qo‘yilgan. Natijada, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi sa’y-harakatlar shior darajasida qolib ketmay, balki kundalik amaliyotga aylandi.
 
Shu bilan birga, bank mijozlari uchun 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi maxsus aloqa kanallari yo‘lga qo‘yilgan. Har bir fuqaro o‘z murojaatini shaxsan yoki anonim tarzda taqdim etishi mumkin. Bu ham bankning jamoatchilik bilan ochiq muloqotining amaliy ko‘rinishi hisoblanadi.




06/22/2026 04:19:10 pm
Oʻzsanoatqurilishbank Fargʻonada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan hudud ...

06/19/2026 02:39:36 pm
“Mehr ulashamiz” volontyorlik aksiyasi o‘tkazildi

Navbatdagi “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan 2-sonli “Muruvvat” nogironli ...

06/17/2026 05:36:15 pm
Qashqadaryoda tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganildi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zsanoatqu ...


Last updated date: 16.09.2025 14:27  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит