
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektordagi topshirig‘i asosida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi qator mahallalarda O‘zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar doirasida mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bilan bir qatorda, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga xizmat qiladigan amaliy loyihalar ham izchil hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, mamlakatimizning boshqa hududlarida ijobiy natija bergan namunali loyihalarni mahalliy aholi xonadonlarida joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
O‘zsanoatqurilishbank mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish hamda hududlarning yanada obod va fayzli bo‘lishiga qaratilgan bunday tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlab, ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari asosida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
O’zsanoatqurilishbank (SQB)da Fransiya Taraqqiyot аgentligi (AFD) ko‘magida jalb etilgan “Exergia” xalqaro konsal ...
Joriy yilning 27-iyul kuni “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi Aziz Ak ...
“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) va Huawei kompaniyasi sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda bank infratuzi ...

