Stay up to date with news and offers!

  • Main
  • Press-center
  • Iqtisodiy yuksalish sari muhim qadam: Farg‘onada bank va biznes vakillarining oc

Iqtisodiy yuksalish sari muhim qadam: Farg‘onada bank va biznes vakillarining ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi


25.05.2026 10:07

Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini sog‘lomlashtirish va biznes vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan an’anaviy uchrashuvi arafasida joylarda tashkil etilayotgan tizimli muloqotlar mavjud muammolarni tezkor aniqlash va ularga samarali yechim topishda muhim platforma vazifasini o‘tamoqda. Shunday amaliy tadbirlardan navbatdagisi Farg‘ona vodiysida tashkil etildi.

Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida Farg‘onada “O‘zsanoatqurilishbank” rahbariyati ishtirokida keng qamrovli uchrashuv o‘tkazildi. Muloqotda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari hamda hududda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin yirik va o‘rta korxona rahbarlari jam bo‘lishdi. Asosiy e’tibor soha rivojiga to‘siq bo‘layotgan omillarni ochiq-oydin muhokama qilishga qaratildi.

Uchrashuvning muhokama markazida ishlab chiqaruvchilarni kundalik faoliyatda qiynayotgan eng dolzarb masalalar — logistika zanjiridagi uzilishlar, soliq ma’muriyatchiligi, kommunikatsiya tizimlariga ulanish, xalqaro sifat sertifikatlarini olish hamda mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish (eksport) va xorijdan ishonchli xaridorlar topish kabi muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Muloqot davomida faqatgina muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanilmasdan, ularni bartaraf etish bo‘ycha bank va vazirlik vakillari tomonidan aniq taklif va yechimlar ilgari surildi. Xususan, mahalliy qurilish materiallarining raqobatbardoshligini oshirish, ularni eksport qilishda transport xarajatlarini optimallashtirish va moliyaviy instrumentlar orqali qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu uchrashuv bank va biznes vakillari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va moliyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi yana bir dadil qadam bo‘ldi. Bu kabi ochiq va shaffof muloqotlar hududda sanoat salohiyatini oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.





06/19/2026 02:39:36 pm
“Mehr ulashamiz” volontyorlik aksiyasi o‘tkazildi

Navbatdagi “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan 2-sonli “Muruvvat” nogironli ...

06/17/2026 05:36:15 pm
Qashqadaryoda tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganildi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zsanoatqu ...

06/17/2026 10:00:24 am
Korporativ IT platformalari litsenziyalari xaridi bo‘yicha ma’lumot

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...


Last updated date: 04.06.2026 10:08  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит