• Main
  • Press-center
  • SQB Xorazm BXO va Angren BXMga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov a

SQB Xorazm BXO va Angren BXMga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


13.08.2026 16:52

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va mijozlar bilan samarali ishlashga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar: • Jismoniy shaxslarga bankning kredit mahsulotlari va boshqa chakana bank xizmatlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etish. • Mijozlarning kreditga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va ularga mos kredit mahsulotlarini taklif etish. • Kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish. • Kredit arizalarini bankning axborot tizimlariga kiritish hamda kredit ajratish jarayonini belgilangan tartibda amalga oshirish. • Kredit shartnomalarini rasmiylashtirish, mijozlarga kredit shartlari, to‘lov jadvali va majburiyatlari bo‘yicha tushuntirish berish. • Ajratilgan kreditlar bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini shakllantirish, yuritish va saqlash. • Mijozlarning murojaatlari, taklif va e’tirozlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash. • Bankning chakana kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish, yangi mijozlarni jalb etish va belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga erishish. • Bankning ichki me’yoriy hujjatlari, amaldagi qonunchilik hamda bank siri bilan bog‘liq talablarga qat’iy rioya qilish. • Rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Talablar: • Oliy ma’lumot. • Kamida 1 yillik ish tajribasi. • Bankning chakana mahsulotlari va kreditlash jarayonlari bo‘yicha bilim. • Mijozlar bilan ishlash va muzokaralar olib borish ko‘nikmalari. • O‘zbek va rus tillarini bilish.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.




Last updated date: 13.08.2026 16:53  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит