SQB Raqamli biznes departamentining Chakana raqamli texnologiyalarini rivojlantirish xizmati Menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
12.08.2026 14:41
Biz mobil ilovalarni rivojlantirish, raqamli xizmatlarni takomillashtirish va yangi mahsulotlarni joriy etish yo‘nalishida tajribaga ega mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar: • Mobil ilova bo‘yicha biznes talabnomalari, biznes jarayonlari va dizayn yechimlarini ishlab chiqish va joriy qilish; • Mobil ilovani rivojlantirish; • Mobil ilovaning «To‘lovlar» bo‘limini rivojlantirish va yangi mahsulotlarni joriy qilish; • Mijozlar va hamkor tashkilotlardan mobil ilova bo‘yicha kelib tushadigan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash; • Xatoliklar yuzaga kelganda ularni tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlikda qisqa muddatlarda bartaraf etish; • Mobil ilova faoliyatiga oid murojaatlarga belgilangan tartibda javob berish; • Rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish; • Mobil ilova foydalanuvchilari sonini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish; • Yangi funksional va yechimlarni test sinovlaridan o‘tkazish; • EHA tizimi orqali kelib tushgan murojaatlarga javob berish; • Mobil ilovani targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish; • Arizalarning tizimli ishlashini nazorat qilish.
Talablar: • Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, marketing, dizayn yoki boshqa tegishli yo‘nalishlarda); • Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi; • Mobil ilovalar va raqamli xizmatlar bilan ishlash bo‘yicha bilim; • BRD/FRD hujjatlarini ishlab chiqish ko‘nikmasi; • Biznes jarayonlarini tahlil qilish ko‘nikmasi; • Test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tajriba; • EHA tizimi va mijozlar murojaatlari bilan ishlash ko‘nikmasi; • MS Office, CRM/ERP, Excel va Power BI dasturlarida ishlash ko‘nikmasi; • Muloqotga kirishuvchanlik, mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik; • Jamoada ishlash ko‘nikmasi; • Stressga chidamlilik; • O‘zbek tilini bilish, rus tilini bilish ustunlik beradi.
Rezyumelarni Telegram orqali yuborishingiz mumkin:@Kadriya_Maxmudovna