SQB O‘rta biznes markazining Rahbariyat ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
24.07.2026 16:42
Mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, ofis faoliyatini muvofiqlashtirish va bank mahsulotlari bo‘yicha maslahat berish sohasida ishlashni istasangiz, sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• O‘rta biznes markaziga tashrif buyurgan mijozlarni kutib olish, ehtiyojlarini aniqlash va tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish.
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha dastlabki maslahatlar berish.
• Mijozlar oqimini boshqarish va yuqori darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
• Mijozlarga Bankning raqamli xizmatlari va SQB Mobile mobil ilovasidan foydalanish bo‘yicha maslahat berish hamda ulanishiga ko‘maklashish.
• Bank mahsulotlarini kross-sotish va masofaviy bank xizmatlarini ommalashtirish.
• Kiruvchi hujjatlarni qabul qilish va tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yo‘naltirish.
• Bajarilgan ishlar va KPI natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
• Mijozlar uchun qulay sharoit yaratish, tashrif buyuruvchilarga ichimliklar taklif qilish va mijozlar zonasida tartibni saqlash.
• Mijozlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish.
• Korporativ o‘quv dasturlari va treninglarda ishtirok etish, kasbiy malakani muntazam oshirib borish.
• Bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, ichki me’yoriy hujjatlari va korporativ etikaga rioya qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (ayrim hollarda o‘rta maxsus kasbiy ma’lumot ham qabul qilinadi).
• Bank tizimi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ma’muriy qo‘llab-quvvatlash yoki ofis menejmenti sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish tamoyillari va ishbilarmonlik etiketi bo‘yicha bilim.
• Bank mahsulotlari va xizmatlarini bilish afzallik bo‘ladi.
• Mas’uliyatlilik, e’tiborlilik, ijrochilik va mijozlarga yo‘naltirilganlik.
• Savodli og‘zaki va yozma nutq.
• O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tilini bilish afzallik bo‘ladi).
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 27.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

60