• Main
  • Press-center
  • SQB Marketing departamenti Xodimlar sifati va rivojlantirish xizmati menejeri la

SQB Marketing departamenti Xodimlar sifati va rivojlantirish xizmati menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


23.06.2026 12:15

Biz mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xizmat standartlarini takomillashtirish va mijozlar tajribasini rivojlantirish yo‘nalishlarida faol ishtirok etadigan, tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini ishlab chiqish, moslashtirish va joriy etishda ishtirok etish.
• Bank filiallari va Kontakt markazi xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etilishini monitoring qilish.
• Bankning barcha darajalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini tahlil qilish.
• Servis sifati bo‘yicha tekshiruvlar, monitoring va baholash tadbirlarida ishtirok etish.
• Mijozlarning murojaatlari, takliflari va fikr-mulohazalarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tizimlashtirish.
• Xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash.
• Bank filiallarida brendlangan marketing va poligrafiya materiallari mavjudligini monitoring qilish.
• NPS, CSI va “Yashirin mijoz” dasturlari bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etish.
• Tekshiruvlar va monitoring natijalari bo‘yicha hisobotlar, taqdimotlar va tahliliy materiallar tayyorlash.
• Filiallarda xizmat ko‘rsatish sifatini baholash va metodologik yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarlarida ishtirok etish.

 Talablar:
• Iqtisodiyot, moliya, marketing, menejment, axborot texnologiyalari yoki jurnalistika yo‘nalishida oliy ma’lumot.
• Marketing, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, xizmat sifati nazorati, tahlil, xodimlarni o‘qitish yo‘nalishlarida kamida 3 yillik ish tajribasi.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish tamoyillari va servis standartlarini bilish.
• Ma’lumotlarni tahlil qilish va tahliliy hisobotlar tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• NPS, CSI va “Yashirin mijoz” tadqiqotlarini o‘tkazish metodologiyasini tushunish.
• Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va belgilangan muddatlarga rioya qilish qobiliyati.
• Savodli og‘zaki va yozma nutq.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



06/24/2026 03:46:35 pm
SQB Al-Xorazmiy bank xizmatlari markazi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga osh ...

06/24/2026 03:45:04 pm
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisiga kichik servis menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank operatsiyalari sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimi ...


Last updated date: 23.06.2026 12:16  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит