SQB vakillari hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda
12.02.2026 09:58
Joriy yilning 11-fevral kuni Sanoatqurilishbank vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh va Qoʻngʻirot tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarning mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari muhokama qilinib, ularning yechimi boʻyicha amaliy vazifalar belgilab olindi.
Tadbirkorlar bilan bunday muloqotlar hududlarda:
• biznes muhitini yanada yaxshilash;
• yangi ish oʻrinlari yaratish;
• turizm salohiyatini oshirish;
• mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish;
• aholi daromadlarini oshirish;
• iqtisodiy salohiyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
SQB bunday ochiq muloqotlarni tadbirkorlarga yangi moliyaviy yechimlar ishlab chiqish va hududda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash yoʻli deb hisoblaydi.

360
Другие новости