Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank qoshida venchur kompaniya tashkil etildi


30.01.2025 11:35

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan startap loyihalarni moliyalashtirish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida venchur moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “SQB Ventures” kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tashabbus 2024-yil 16-dekabrda Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida banklarga yuklatilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi. Unga ko‘ra, davlat banklari mahallalardagi startap loyihalarini rag‘batlantirish maqsadida venchur kompaniyalar tuzishi, mazkur kompaniyalar orqali umumiy hisobda 50 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirishi belgilangan edi. Shuningdek, har bir bank xususiy sherik topib, startaplarni biznesga aylantiradigan akseleratorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishi ko‘zda tutilgan.

Tashabbus natijasida noyob biznes g‘oyalarga ega, lekin yetarlicha mablag‘i bo‘lmagan ko‘plab yoshlar va tadbirkorlarning startap loyihalari hayotga tadbiq etiladi. Bunda nafaqat moliyaviy xizmat ko‘rsatish, balki loyihani ishlab chiqish, ishbilarmonlik strategiyasini to‘g‘ri yo‘naltirish, bozorga kirib borish kabi masalalarda ko‘maklashiladi.

Ta’kidlash joiz, Bankning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasida ham venchur moliyalashtirishga katta e’tibor qaratilgan. Ushbu mexanizm orqali yangi biznes yo‘nalishlarini rivojlantirish va tadbirkorlarga moliyaviy yordam berish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.

“SQB Ventures” mas’uliyati cheklangan jamiyati bankning “SQB Capital” sho‘ba korxonasi ta’sischiligida tashkil etildi. Uning ustav kapitali ma’qullangan loyihalarga qarab bosqichma-bosqich shakllantirib boriladi.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

16.03.2026 17:44:33
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy bayonoti

Joriy yilning 15-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Balchom Soft” MCHJ oʻr ...

16.03.2026 09:30:21
SQB’da juma – milliy liboslar kuni

“O‘zsanoatqurilishbank” jamoasida juma kuni milliy liboslar kiyish an’anaga ko’ra davom etdi. Atlas ...

13.03.2026 10:42:44
Yirik sanoat korxonalari xodimlari uchun bank mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “O‘zbekko‘mir” AJ, “An ...


Дата последнего обновления: 02.06.2025 14:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo