Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim banklarga muayyan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashuv belgilangani haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan amalga oshirilayotgan agrosanoat yo‘nalishidagi loyihalar anorchilik va gulchilikka emas, balki chorvachilik uchun barqaror ozuqa bazasini shakllantirish hamda sabzavot ko’chatchiligi yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Mazkur ixtisoslashuv Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi “Uzagrostar Holding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 57-sonli qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Qarorda hududlarda yangi o‘zlashtirilgan va samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi aylanmasiga qaytarish, ozuqa xavfsizligini ta’minlash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik mexanizmlarini joriy etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
Qaror ijrosi doirasida bank “Beruniy-agro star” va “Asaka agro star” korxonalari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa hududlarda qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirib, ozuqa ekinlari va sabzavot ko‘chatlarini yetishtirish, silos tayyorlash hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish ishlarini qo’llab-quvvatlab kelmoqda.
Bu boradagi loyihalar ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritilmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 24-fevralda yoshlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini t ...
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida “Hamroh ayol” dasturi doirasida kredit ajratilishi bilan bogʻliq holat y ...
Navro‘z – milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz yana bir bor namoyon bo‘ladigan, milliy o‘zligimiz va ...

