Yangiliklar

Futzalda iroda g‘abalasi: O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyani mag‘lub etdi


22.12.2025 12:51

2025-yil 19-dekabr kuni futzal bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv avvalida 0:2 hisobida ortda qolganiga qaramasdan, terma jamoamiz yuksak iroda va jamoaviy ruhni namoyon etdi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin to‘liq O‘zbekiston terma jamoasi nazorati ostida kechdi. Hisob ketma-ket kiritilgan gollar evaziga 3:2 ko‘rinishiga keltirildi va tarixiy kambek amalga oshirildi. Ushbu g‘alabada hal qiluvchi golni SQB futzal klubi yetakchisi Akbar Usmonov kiritib, jamoasiga ishonchli g‘alabani ta’minladi.

Mazkur uchrashuv nafaqat sport natijasi, balki O‘zbekiston futzal maktabining o‘sib borayotgan salohiyati, jamoaviy tayyorgarlik va ruhiy barqarorlikning yorqin ifodasi bo‘ldi. Ayniqsa, “SQB futzal klubi” a’zolarining milliy terma jamoa safida hal qiluvchi rol o‘ynayotgani jamoaviy sportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar samarasini yaqqol ko‘rsatdi.

Ushbu g‘alaba futzal ixlosmandlari uchun unutilmas lahzalarni taqdim etdi va milliy terma jamoamizning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada mustahkamladi.





Другие новости

03.04.2026 12:14:26
Yoshlar bilan ochiq muloqotlar – amaliy tashabbuslar maydoni

Prezidentimizning joriy yil 24-fevralda yoshlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini t ...

03.04.2026 09:47:23
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida “Hamroh ayol” dasturi doirasida kredit ajratilishi bilan bogʻliq holat y ...

30.03.2026 10:00:13
Milliy an’analar – ezgu qadriyatlar ifodasi

Navro‘z – milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz yana bir bor namoyon bo‘ladigan, milliy o‘zligimiz va ...


Дата последнего обновления: 06.01.2026 12:56  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo