Hurmatli mijozlar!
Sizlarga ma’lum qilamizki, quyidagi Bank xizmatlari markazlari (BXM) faoliyati tugatiladi:
Salor BXМ (Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 1/3-uy, MFO 10794);
Xo‘jayli BXМ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumani, Mustaqillik ko‘chasi, raqamsiz uy, MFO 10762);
Humoyun BXМ (Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 93-uy, MFO 10758).
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish quyidagi markazlarga o‘tkaziladi:
Salor BXМ mijozlari → Qibray BXМga (MFO 11202);
Xo‘jayli BXМ mijozlari → Taxiatosh BXМga (MFO 10901);
Humoyun BXМ mijozlari → Toshkent shahar ofisiga (MFO 11184).
Shuningdek, sizlarni xabardor qilamizki, Qatortol BXМ o‘zining eski manziliga qaytmoqda:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor-6 dahasi, Qatortol ko‘chasi, 30-uy.
Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Qo‘shimcha ma’lumotni 1180 yoki +998 (71) 200-43-43 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Hurmatli tadbirkorlar va mijozlar! “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan 2026-yil may oyida tadbirk ...
Hurmatli mijozlar! “Samarali” va “Business Advance” muddatli depozitlari, shuningdek mikro va kichi ...

